Ajoyib
aktyor, qiziqchi, xonanda [xullas san'atkor] Sanjar Shodiyev kino
suratga oldi! Film nomi "7 haykal bitta kal" bo`lib, kelgusi oyning
5-sanasida premyerasi bo`lishi kutilmoqda. Ikkinchi bor rejissyorlikka
qo`l urayotgan Borya [bu Sanjar Shodiyevning taxallusi ekanligi
barchaga yaxshi ma'lum] ning aytishicha film mavzusi tamoman o`zgacha
bo`ladi. Bu shunchaki balandparvoz gap emasdek tuyuldi bizga. Insonnig
ko`zida ishonch bo`lsa, u albatta balandparvoz gap bo`lmaydi. Sanjar
Shodiyev bilan gaplashganimizda aynan shu holatni guvohi bo`ldik.
"Yappi film" va "Bayram" studiyasining mahsuloti bo`lgan film
muxlislarga manzur bo`ladi deb o`ylaymiz. Nima bo`lganda ham, Ertaga
biz sizlarga ushbu filmning suratga olish jarayonidagi rasmlarni
e'tiboringizga havola etmoqchimiz. Biz bilan qoling!