Sanatda joniga qasd qilmoqchi bo'lgan sanatkorimiz?
Sanatda joniga qasd qilmoqchi bo'lgan sanatkorimiz?
“Munchoq” deb nomlangan qo‘shiq Otabek Mutalxo‘jaevning yakkaxon kontsertida birinchi marotaba ijro etilgan edi.
Lekin xonandaning o‘ziga taronaning musiqa sayqali yoqmagandi. Shuning uchun bu qo‘shiq qaytadan aranjirovka qilindi. Bastakor Ahmad Hojimatov sayqallab berdi. Qo‘shiqning matni Dilshod Mahkamovniki. Qo‘shiq qizlarga atalgan, sevgi haqida. Hozirgi kunda ushbu qo‘shiqqa klip olishga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi. Har doimgidek klipda bosh rolni o‘ynaydigan qiz — muammo. Ayni kunlarda ijodiy guruh 16-21 yoshlardagi munchoq ko‘zli qiz qidirmoqda. Otabekning liboslari uchun turkiyalik mutaxassislarga buyurtma berildi.
Xonanda ayni kunlarda kuz mavsumini yangi qo‘shiqlar bilan kutib olish niyatida sho‘x tarona “Kamalak” hamda falsafiy talqindagi “Iltijo” qo‘shiqlarini tayyorlash bilan band.