O'z vaqtida san'atkorlarimiz imtixon oldidan xayajonlarini qayday yengishganligi xaqida bizning saxifada bilib olasiz. Shoira Otabekovani ko'ngli sezgan
O'zbekiston Davlat san'at institutiga muz.drama fa'kultetiga xujjatlarimni xayajon bilan topshirganman. Monolog,masal, ashula aytib berganim esimda yana bir qiziq xolat yodimga tushdi tulkini ovozini o'xshatib berganimda oqituvchilarning barchasi kulib yuborishgan.(kuladi) O'qishga kirishga o'zimni astoydil ishontirganimga bo'lsa kerak qiynalgan bo'lsamda kirib ketganman. Negadir oldindan imtixondan yiqilmasligimni sezganman. Chunki ko'nglimda katta ishonch va umid bo'lgan. Sitora Farmonovaga kartinani yordami
2004 yilda O'zbekiston Davlat san'at institutiga imtixon topshirganimda rosa xayajonlanganim xali xamon esimda. Akterlik maxoratidan saxnada turib masal, monolog va she'r yodlab berganman. Qaltiraganimdan saxnadan tushib ketaman deb rosa qurqanman. She'rimni yodlayotganimni bilaman she'rni yarmidan tutulib qolib, esimdan chiqib qolsa bo'ladimi. Qarasam to'g'rimda kartina osilgan shunga qarab qog'ozimdagi she'rim yodimga tushib, faraz qilib kartinaga qarab o'sha she'rni qog'ozdan o'qib bergandek davom etganman. O'sha osilgan kartina meni qutqarib qolgan. Undan keyin mushukni o'xshatib yerga o'tirib olib qo'llarimni cho'zib xuddi mushukni xolatiga kirib amallab o'ynaganman. Imtixondan chiqib ketganimda o'stimdan bir chelak suv ag'darilgandek bo'lganman. Shurik kinosidan Nina sumkasi ushab olganday ko'chaga chiqganman. Abutirentlarga unaqa- bunaqa bo'ladi deb o'rgatganman va faqat xayajonlanmasdan kiringlar deb rosa ovutganman. Onajonim bir duoni berib qizim shuni qayta-qayta o'qisang albatta xayajoni yengasan deganlar.Duolarini o'qib imtixondan o'tib ketganman. 1 avgust kuni test topshirganimda umuman xayajon sezmaganman xattoki shpargalga xam bo'lmagan chunki maktabda a'lo baxolarga o'qiganman, bemalol javoblarni ishlab chiqganman.O'qishga javoblarni bilgani borsam kontrakt asosida o'qishga kirgan ekanman. O'shanda quvonchim ichimga sig'may rosa xursand bo'lganman. Barcha abutirenlarga omad tilab qolaman. Omadi kulgan Davron Ergashev
2006 yili xujjatlarimni istitutga o'qishga topshirganimda uydagilarim xattoki bilishmagan faqat administratorim Sherzodga aytganman. Sherzod xujjatlarimni tayyorlashga o'zi bel bog'lagan. Uydagilarimga ishga deb imtixonga borganimda negadir umuman xayajon bo'lmagan. Uydan chiqayotganimda o'zimga o'zim kirsam kirdim kirmasam xech g'am chekmayman deb so'z berganman. Mandatga borsam kontrakt asosida o'qishga qabul qilinganimni ko'rib uydagilarimga aytib ularni xursand qilganman. To'g'risi men omadga ishonganman. Bu yil o'qishni xalqaro biznes fakultetini bitirdim. Xudo xoxlasa katta biznesmen bo'lib kreslolarda o'tirib ishlashni niyat qilib qo'yganman. Barcha abutirentlarga tilagim kirsangiz xursand bo'ling kirmasangiz xech xam qayg'uga botmang,chunki sizni xali bundanda yaxshi ishlar kutayayotganini o'ylang. Barchasi o'z qo'lingizda. Ulugbek Raxmatullaevning tushida ayyon bo'lgan
1999 yil Sharqshunoslik institutiga xujjatlarimni topshirib, imtixondan oldin ancha vaqt tayyorgarligimni ko'rib repetitorlarga qatnaganman. Siz aytayotgan xayajon menda umuman bo'lmagan. Chunki bir oy oldin tushimda o'zimni «oltin rangli kastyum shimda» ko'rganman. Imtixonlardan o'tganimdan keyin tushimda o'qishga kirishim ayyon bo'lganiga ishonganman. Kontrakt asosida o'qishga erishganman. Adis Rajabov tavvakalga ishongan
2001 yilda O'zbekiston Davlat san'at institutiga xujjatlarimni drama kinoga topshirganimda, ijodiy imtixonga kirishdan oldin yuz foiz xayajon bosgan. Masal, monologni xayajon bilan yodlab berganman. Xattoki xayajonim kuchliligidan oyoq qo'llarim xam qaltiragan. O'qituvchimiz piyanino chalib meni sluximni tekshirgan o'ynab xam berganman. Qoyilatmaganmanku-ya lekin yaxshi deyishgan. Qo'ldan kelgancha xarakat qilganman. Bo'rini qiliqlarini, plastikasini cho'kalab o'xshatib berishni udallaganman. O'sha paytda ota onamni kuz oldimga keltirganman. Testni yigirma foiz o'zim javoblarini topganman qolganini esa tavakkal. Buni qarangi kontrakt asosida o'qishga qabul qilinganman. Menimcha imtixon oldidan xayajon bo'lgani xam yaxshi, chunki o'ynab bergan ro'l tabiiy chiqadi. Abutirentlarga maslaxatim eng avvalo ota-onasini duosini olib, o'zini kiraman deb ishontirshsin va xarakat qilishsin. Shundagina yaxshi natijalarga erishish mumkin.
|