Статистика |
XOZIR SAYTDA 1 MEXMON 1 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2016 » Январь » 26 » Samarqandning Wi-Fi’li avtobuslari
20:30 Samarqandning Wi-Fi’li avtobuslari |
Samarqandda, foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, bir oydan beri Wi-Fi’li avtobuslar yo‘nalishlarda qatnamoqda. Bu haqda Facebook’dagi “Samarqand va samarqandliklar” guruhida xabar qoldirilgan.
Foydalanuvchilardan biri shahar avtobus bekatlaridan biriga yopishtirilgan e’lonni guruhda e’lon qilib: “Shu avtobusda sayr qilishni juda xohlayapman”, — deb yozgan.
E’londa: “Faqat bizda — 61-raqamli avtobus yo‘lovchilari uchun Wi-Fi bepul”, — deb yozilgan va Telegram, Viber, WhatsApp, imo kabi ommabop messenjerlar, Instagram, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoqlarining logotiplari joylashtirilgan.
Surat ostida qoldirilgan kommentlarga ko‘ra, 61-avtobus — Samarqanddagi mashhur va qadimiy yo‘nalishlardan. Ba’zi foydalanuvchilar bu avtobusdagi internet bilan Skype’ga ulanish mumkin-mumkin emasligiga qiziqqan. Aksariyat foydalanuvchilar esa ushbu tashabbusni olqishlagan.
Facebook foydalanuvchilarida tabiiy savol tug‘ilgan: e’londagi suratda ko‘rsatilgan avtobus davlat raqami nima uchun Toshkent shahriniki? Samarqandliklarning aytishicha, shahardagi aksariyat avtobuslar Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, shu sababli davlat raqamlari ham Toshkentniki.
|
Категория: Новости Узбекистана |
Просмотров: 224 |
Добавил: Majnun8899
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|