Yoqub kabi o'g'lin yo'qotgon, Sumyyadek yov o'qin yutgon, Yusuf kabi zindonband bo'lgon, Solihlarga sabringni to'kkin.
Ayyub dardin his etib bilgon, Og'riqlari jonini tilgon, Hastalikka duchor yo'liqgon, Bemorlarga sabringni to'kkin.
Nuh payg'ambar kabi yongon, Din-diyonat yo'lida chopgon, Noqobil farzandidan kuygon, Otalarga sabringni to'kkin.
Ko'z yoshlari sel bo'lib oqgon, Ne hasratu mehnatla boqgon, Farzand dog'i kuydirib yoqgon, Onalarga sabringni to'kkin.
Ota deya zor yig'lagonlar, Ona deya zor bo'zlagonlar, Payg'ambardek yetim qolgonlar, Yetimlarga sabringni to'kkin.
Xojar kabi dashtlada qolgon, Zolim zulmi haddidan oshgon, Qarovsizu muallaq qolgon, Mazlumlarga sabringni to'kkin.
Mevasi yo'q daraxtlar kabi, Tosh otmaslar unga hech sari, Murg'ak go'dak nolasi qani, Befarzandga sabringni to'kkin.
Juft bog'ida ko'ngli kemtik, Hech tortmagan yoridan etik, Taqdirida yolg'izlik bitik, Yolg'izlarga sabringni to'kkin.
AS-SOBRINGDAN sabrlar to'kkin, ROBBIM o'zing sabrlar bergin.....
|