Deyarli barcha xalqlarda odamlar ko'rishganda aytila-digan birinchi jumla "sizga salomatlik va omonlik tilayman", degan ma'noda bo'ladi. Yaqin kishilarning hol-ahvol so'rashishlari ham odatda "tan sihatingiz durustmi, sog'liqlar yaxshimi", degan so'zlar bilan boshlanadi. Insonlar hatto ibodatlarida ham Yaratgandan ko'proq tan-sihatlik, salomatlik tilashadi.
Chunki odamlar kasal bo'lib qolishdan hamisha qo'rqib yashaydi. Ular xastaliklardan himoyalanish, salomatliklarini asrash va mustahkamlash uchun ko'z ko'rib, quloq eshitmagan darajada ko'p kuch-g'ayrat, mablag' va vaqt, salohiyat va harakat sarflashadi. Turli muolajaviy tadbirlar, sport va badantarbiya mashqlari yordamida sog'lom yurishni orzulashadi. Alloh taolo yaratib qo'ygan turli shifobaxsh ne'matlardan iloji boricha ko'proq iste'mol qilib, salomat bo'lishni istashadi. G'amisha shifokor va tabiblar qabulida bo'lib, ulardan maslahat va tavsyyalar olib turishadi. Salomatlikni asrashga doyr kitob, gazet-jurnallardagi, radio-televideniye orqali beriladigan maslahatlar bilan erinmay tanishib borishadi. Qaysi kasallikka nimalar shifo bo'lishi haqida doimiy qiziqishadi va bu borada tinmay tajriba o'rganishadi.
Kishilarning salomatlikka, tansihatlikka bu qadar katta e'tibor berishlari, o'z sog'liqlari haqida bunchalik qayg'urishlari sababi nimadaq Sog'liq va bardamlik yo'lida tinimsiz fidoyiliklariga qaramay nega insonlar baribir kasalga chalinishaveradiq Nega odam bolasi bu borada har qancha avaylangani, qayg'urgani, mablag', vaqt va kuch sarflagani bilan doimiy, muntazam salomatlikka erisha olmaydiq
Hayot shirin, dunyo hayotida ne'matlar og'ushida yashab umrguzaronlik qilish undan ham shirin. Baxtli-saodatli turmush kechirish uchun esa insonga, eng avvalo, sog'liq kerak. "Eng shirin lazzat salomatlikdir", degan Luqmoni G'akim. Biror joyingiz og'rib tursa, biror kasallik bezovta qilib turgan bo'lsa, sizga hech narsa tatimaydi.
Oddiygina tish og'rig'ini olib ko'ring. U zimillab og'rib tursa, na biror ish qila olasiz, na ovqat yeya olasiz, na sevimli mashg'ulotingiz, na suyumli nabirangiz erkaliklari sizga zavq beradi. Dunyo ko'zingizga qorong'u, hayotning ma'nosi yo'qolgan, yuragingizga qil sig'maydi, chehrangiz aslo yorishmaydi. Yoki nima sababdandir boshingiz og'rib qoldi, deylik. Bunda ham xuddi shu ahvolga tushasiz, uning davosini izlashga tushasiz. Vaholanki, buning uddasidan chiqish oson emas, chunki bosh og'rig'iga sabab bo'luvchi omillar o'n beshtadan ortiq. Demak, odamlar nazdida to'laqonli, saodatli hayot kechirish uchun tananing sog'lom bo'lishi, birorta a'zoning xastalikka chalinmasligi, kishi o'zini sog'lom, bardam va xushkayfiyat his etishi kerak. Aks holda, hayot mazmuni yo'qoladi, turmushdan fayz ketadi, dunyoning hech qanday lazzati va jozibasi tatimaydi. Kishilar muntazam tansihatlik, doimiy sog'liq haqida qanchalik qayg'urishmasin, bu yo'lda nechog'li fidokorlik ko'rsatishmasin, har vaqt, har qachon batamom salomat bo'lishning aslo iloji yo'q. Birorta odam o'zini har-jihatdan "soppa-sog'man" deb hisoblay olmaydi, "mening hech qanday kasalim yo'q", deya baralla ayta olmaydi. G'atto bu haqda: "Uyqudan hech qayerim og'rimay uyg'onganimni ko'rsam, demak vafot etibman-da, degan xayolga boraman", qabilidagi latifalar ham to'qilgan. Bundan ko'rinib turibdiki, kasalliklarning kelib chiqish sababi ko'p bo'lsa-da, uning asli faqat bir mohiyatga borib taqaladi. Alloh taolo bandalarini vaqti-vaqti bilan, ba'zilarni esa bir umrga turli xastaliklar, a'zolarning mayib-majruhligi yoki yetishmovchiligi bilan imtihon qilib turadi. Ayniqsa, O'zi suygan bandalariga dard va xastalikni, og'riq va bemorlikni ko'proq beradi.
Sog'liq va kasallik haqidagi asl mohiyat shunday. Lekin shunga qaramay, doimiy salomatlik kishilarning orzusi bo'lib qolyapti. Unda biz nima qilishimiz kerakq Avvalo, xasta bo'lmaslikning yo'llarini axtaramiz: buning uchun tanani shamollashdan himoya qilish, tabiatdan uzulmaslik, me'yorida yeb ichish, ko'p harakat qilish, badantarbiya mashqlari bilan shug'ullanish kerak bo'ladi. Shuningdek, bemorlikka olib boradigan dangasalik, iflos yurish, ko'p yeyish, ko'p uxlash, aroq, tamaki, bangivor moddalar iste'mol qilish, bo'lar-bo'lmasga asabiylashaverish qabi illatlardan uzoqroq bo'lish zarur.
Bordiyu bularga ham qaramay, kasallik "eshik qoqib" kirib kelsa, u holda uning shifosini izlaymiz, muolaja yo'llarini axtaramiz. Shifokorlarga, xalq tabiblariga murojaat qilamiz, xalq orasida yurgan tajribalarni ham nazardan qochirmaymiz. Kasalimiz aniq, nima shifo bo'lishi ma'lum bo'lganidan keyin uni davolashga kirishamiz. Kasallikni turli sabablarga bog'lash qanchalik johillik bo'lsa, dard kelganida davolanmaslik ham shunchalik jaholatdir. Shu o'rinda nozik bir nuqta bor: ko'pchilik faqat zamonaviy davolash usullari va vrachlarnigina tan olib, boshqa hamma vositalarni rad qiladi, o'zga hech narsaga ishonmaydi. Ba'zilar esa faqat xalq tabobatini afzal bilib, shifokorlar va dorixonalarni dushman sanaydi, tabiblar bergan dorilargagina suyanadi. Kimdir har ikkoviga ham ixlos qilmay, keksa buvi yoki bobosining, yaqinlarining maslahatini ma'qul ko'radi.
Bu uch toifani ham ayblab bo'lmaydi. Chunki bemor o'zi davolanmoqchi bo'lgan shifokor yoki tabibga ixlos qili-shi, ishonishi kerak, shundagina muolaja samarali bo'ladi. Boz ustiga oq xalat kiyib olgani bilan davolashning eng oddiy usul-qoidalaridan bexabar, bilim va tajribasiz shifokorlarning borligi ham sir emas. Davolashga ma'naviy huquqi bo'lmagani holda pul ishlash maqsadida o'zini "tabib" e'lon qilgan insofsiz kimsalarning mavjudligi ham haqiqat. Buning ustiga zamonaviy tibbiyotni xalq tabobatidan ustun qo'yish yoki vrachlardan ko'ra tabiblarni afzal bilish ham unchalik to'g'ri emas. Xullas, yaxshi davolanishni, darddan butunlay xalos bo'lishni istasangiz, muolajaning barcha usul va vositalaridan bemalol foydalanavergan ma'qul.
Ushbu kitobdan zamonaviy tibbiyotga qarshi ayblov yoki xalq tabobatiga madhiya qidirib, o'zingizni koyitmang. Sababi, bular ikki qarama-qarshi jabha emas, balki bir-birini to'ldiruvchi yagona davolash sababiyatlaridir. Qay birini tanlash esa o'zingizga bog'liq...
|