"Oybek" metrosi
atrofida yashaydigan 1 muxlisamiz qo`l telefonimga qo`ng`iroq qilib,
men kecha uyimning yonida Rustambek Xudayberganov va Yodgor
Mirzajonovning tortishayotganligini ko`rdim, ikkalasi 20 daqiqa
atrofida talashib, keyin 1ga ketishdi dedi. Bunga oydinlik kiritish
maqsadida Rustambek bilan bo`glandik. Uning aytishicha bu voqeaga
bo`lganiga 1 oydan oshgan ekan [muxlisamiz kecha va 1 oyni adashtirib
qo`yibdilar!]. Endi qolganini Rustambekdan eshitamiz.
— Men
"To`ylar muborak" nomli qo`shiq yozgan edim. Yodgor kimnidir telefonida
bu qo`shiqni eshitib qolibdi va menga qo`ng`iroq qilib taronani
sotishimni so`radi. O`ylab ko`rib rozi bo`ldim. Narx masalasida "Oybek"
metrosining yonida uchrashib, gaplashishga kelishdik. Men aytgan narx
Yodgorga yoqmadi, u aytgani menga yoqmadi. Hayajonga berilib
ketganimizda qattiqroq ovozda gapirib yuboribmiz. 1-2 ta odamlar uylar
derazasidan qaray boshlashgach, oxiri 1 to`xtamga keldik. Qo`shiqni ...
AQSH dollariga sotdim. Bor gap shu.
Nima bo`lgan taqdirdayam zukko muxlisamizga tashakkur izhor qilamiz!