Saytimiz
jamoasi va Rustambek Xudayberganov o`rtasida iliq aloqalar o`rnatilgan
[sababi 1 joyda o`qiymiz]. Saytimizda yaqinda Rustam bilan Yodgor
tortishib qolgani haqida xabar bergandik. Kecha Rustambek bilan
gaplashganimizda u Yodgor qo`shiq uchun berishi kerak bo`lgan pulni
hammasini bermaganini aytdi! Uning aytishicha Yodgor pulni bermayapti
va telefon qo`ng`iroqlariga umuman javob bermayapti! Qolganini
Rustambekdan eshitganimiz ma'qul: — Hayotda puldan ustun bo`lgan
narsalar ko`p. Oqibat va odamgarchilik shular jumlasidandir. Men
Yodgordan ortiqcha pul talab qilmayapman. O`zimning halol va
kelishilgan pulimni so`rayapman! U men yozgan qo`shiqni aytib to`ylarda
pul ishlayapti-ku! U qo`ng`irog`imga javob berib "Rustam uzr, hozir
pulingizni berishga imkoniyatim yo`q" [!!!] desa ham boshqa gap edi.
Shunchaki ko`tarmayapti. Biz san'atkormiz. Ertaga ko`z-ko`zga tushadi.
Shunaqa paytda Yodgor qanaqa ahvolga tusharkan? Agar pul topa
olmayotgan bo`lsa, ochiq aytsa, o`sha puldan kechib ham yuborishim
mumkin. Lekin puli yo`qligiga ishongim kelmayapti. ... AQSH dollari u
uchun katta pul deb o`ylamayman. Yana o`zi biladi.