Hammaga salom. mani bir savol qiziqtiradi,rus qizlari o'zbek yigitini sevishi gunohmi? Mani Elenora degan qo'shnim bor.U Rus maktabida qatnaydi. Uni men bolaligimdan beri taniyman.Hamma ish qo'lidan kelidan keladi,9 yoshida otasidan ayrilib qolib onasini ham sirdoshi,ham mehriboni bo'lib ulg'aydi. Elenora mani sinfdoshim B ni sevib qoldi.Ular bir birlari bilan sms va qo'ng'iroqlashib turishdi ammo ularning munosabatlari uzoqqa cho'zilmadi.B ning onasi o'g'lini rus qizi bilan yurishini xoxlamadi va aybni hammasini Elenoraga to'nqadiyu B ning singlisini rus maktabiga jo'natdi.B ning singlisi Elonorani dugonalari oldida yer bilan bitta qilib keldi. Keyinchalik esa B ning oyisi elenoraning oyisini yo'lda toxtatib qi unga qizini yomonladi. Elenora bu gaplarni menga yig'lab aytarkan hattoki meniham ko'zimga yosh keldi. Ular gap-so'zlardan keyinam uchrashib yurishdi.Bir kuni martlarda qo'shnilarimiz bilan sumalak qilganimizda, Elenoraga sms keldi u sms da Mani og'limni tinch qo'y,sandaki kechirasizlaru prostitutka bilan o'glimni ko'rishni xoxlamayman,senda yuz bormi?uni tinch qo'y deb yozilgandi. Shu bilan Elenora B bilan aloqani butunlay uzdi.Mana 2 yil ham bo'libdi!