Главная » 2014»Ноябрь»5 » Rossiyaning yangi axborot agentligi o‘zbek tilida ham yuritiladi.
20:23
Rossiyaning yangi axborot agentligi o‘zbek tilida ham yuritiladi.
Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi bazasida noyabr oyida hozirda “Sputnik” ishchi nomi bilan atalayotgan yangi internet-loyihani ishga tushiriladi, deb xabar bermoqda RBK.
Bu masaladagi rasmiy matbuot anjumani 10-noyabr kuni xalqaro axborot agentligi bosh direktori, teleboshlovchi Dmitriy Kiselyov hamda Russia Today agentligi va “Rossiya segodnya” telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan tomonidan o‘tkaziladi.
Asosiy maqsadi Rossiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dunyoga tarqatish bo‘lgan “Sputnik” loyihasi “Golos Rossii” radiosi xizmatlaridan ham foydalanishi mumkinligi aytilgan. Yangi agentlik jami 45 tilda, jumladan Yevropa, Osiyo, MDH, Shimoliy va Janubiy Amerika davlatlari tillarida yuritiladi.
2013-yil dekabr oyidagi qarorga binoan “Rossiya segodnya”ga o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan “RIA Novosti” portalining nomiga o‘zgartirish kiritilmasligi ham ma’lum bo‘lgan.