Kecha Rossiyaning Tomsk shahrida 6,4 kiloli chaqaloq tug`ildi. Chaqaloq shahar perinatal markazida kesar kesish yo`li bilan sog`-salomat dunyoga kelgan. Odatda chaqaloqlarning vazni 3-3,5 kilo bo`ladi. 5 kilogrammli chaqaloq yirik, undan og`iri esa gigant hisoblanadi. Shifokorlarning aytishicha, 1,5 ming chaqaloqdan atigi bittasi gigant bo`lishi mumkin. «Ko`p yillik tajribaga ega doyalarimiz bunday vaznli chaqaloq tug`ilganini eslay olishmadi, – deydi Tomsk perinatal markazi bosh shifokori Igor Stepanov. – Eng og`iri 6,2 kilo bo`lgan ekan». Uning aytishicha, ona ham, pahlavon chaqaloq ham o`zlarini yaxщi his qilishmoqda. Bir necha kundan keyin ular uylariga ketishlari
7x7 gazetasi
|