Ro'zaning foydalari shaksiz ulkandir.Saxix hadisda Alloh taolo ro'za tutishni faqat o'zi uchun tanladi,uning ajrini ham o'zi beradi va had hisobsiz ko'paytiradi - deyildi. Alloh taolo hadis qudusiyda shunday deydi: "Faqat ro'za men uchundir va unga ajrini o'zim beraman"(Imom Buxoriy rivoyati). *** "Ro'zadorning duosi qaytarilmaydi (ijobatsiz qolmaydi)"(Imom Buxoriy rivoyati) *** "Ro'zadorlarga ikki marta xursandchilik bor: Biri og'izni ochganda (iftor vaqtida) va ikkinchisi (Qiyomat kunida) robbisiga ro'baro' bo'lganda" (Imom Muslim rivoyati). *** "Ro'za qalqondir va u kishini olov (do'zax)dan omonda saqlovchi kuchli himoyachidir"(Imom Ahmad rivoyati). *** "Ramazonda tutilgan ro'za o'n oylik ro'zaga tengdir"(Imom Ahmad rivoyati). *** "Bir kishi ramazon ro'zasini iymon bilan va ajrini umid qilib tutsa o'tgan barcha gunohlari kechiriladi" (Imom Buxoriy rivoyati.) *** "Jannatda "Rayyon" deb ataluvchi bir darvoza bor.Shu darvozadan ro'za tutguvchi kishilar kiradi.Ulardan boshqa hech kim bu yerdan kira olmaydi.Ularning hammasi kirib bo'lganidan so'ng darvoza yopiladi va hech kim u yerdan kiritilmaydi"(Imom Buxoriy rivoyati).
|