Статистика |
XOZIR SAYTDA 6 MEXMON 6 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Декабрь » 30 » Rekordlar kitobini kim yaratgan?
19:03 Rekordlar kitobini kim yaratgan? |
Hammasi juda oddiy boshlangan. 1759 yil Artur Ginnes Dublin shahrida pivo
tayyorlash korxonasini ochadi. Mazkur zavod XX asrning o‘rtalarigacha ham
xotirjam faoliyat ko‘rsatadi. 1833 yilda oddiy korxona Irlandiyaning eng yirik
pivo zavodi darajasigacha ko‘tarildi. Xullas, «Ginnes» savdo belgisi 1930 yilga
kelib, Buyuk Britaniyani to‘laligicha zabt etdi.
1951 yilda «Voksford»
kompaniyasi mahalliy ovchilar uchun tashkil etgan kechki ovqatga «Ginnes»ning
boshqaruvchi-direktori Xyu Biver ham tashrif buyuradi. Qiziqqon janob Xyu
mehmonlardan biri bilan tilla rang rjanka dunyodagi eng tez uchadigan qush deb
tortishib qoladi. Bahs qanday yakunlanganligi noma’lum, lekin bu masala oradan
bir qancha vaqt o‘tib, yana ko‘tariladi. Bu safar tilla rang rjanka tezroq
uchadimi yoki Shotlandiya kakligimi, degan masala muhokama mavzusiga aylanadi.
Ana o‘shanda janob Biver bunday jumboqlarni hal etish uchun maxsus
ma’lumotnoma bo‘lishi kerak, deb o‘yladi. Negaki, odamlar rasmiy biror manbaga
ega bo‘lmay turib soatlab va besamar bahslashaverishlari mumkin. Oxir-oqibat
tomonlar ko‘pincha o‘z fikrini ma’qullagancha qolaveradi. Kompaniya rahbari
o‘ziga xos bunday ma’lumotnomalar Ginnes kompaniyasi tomonidan tarqatilsa, yomon
bo‘lmasdi, degan xayolga boradi.
Pivo entsiklopediyasi ustida ishlash
Norris va Rossi Makuirterlarga topshirildi. Ko‘p sonli faktlar to‘plandi,
saralandi va har biri mutaxassis tasdig‘idan o‘tkazildi. Bularning hammasi uchun
bir yil vaqt kerak bo‘ldi. 1955 yil 27 avgustda birinchi marta 198 sahifali
nashr dunyo yuzini ko‘rdi. Keyinroq u «Ginnes rekordlari kitobi» nomini oldi.
Birinchi bor kitob bosish sohasida olamshumul roman yoki detektiv asar emas,
balki oddiy entsiklopedik ma’lumotnoma dovrug‘ qozondi.
Bugungi kunda
«Ginnes rekordlari kitobi» dunyoning 40 ta mamlakatida ingliz tilida nashr
etilib, 37 tilga tarjima qilinadi. 1984 yilda kitobning million nusxasi
sotilgan. 1994 yilda esa, bu ko‘rsatkich 75 millionga ko‘tarilgan. «Ginnes
rekordlari kitobi» o‘ziga xos tizimga aylangan. Negaki, undagi ma’lumotlar qisqa
vaqtda eskiradi. Ularni yangilab turish uchun esa, turli mamlakatlarda yangi
rekordlarni ro‘yxatga oluvchi va maxsus diplom bilan taqdirlovchi hay’at
guruhlari tuzilgan.
|
Категория: QIZIQARLI |
Просмотров: 800 |
Добавил: _SCORPION_
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|