Главная » 2010»Октябрь»16 » Rejissyor Yodgor Nosirov Rayxon bilan duet kuylaydimi?
22:01
Rejissyor Yodgor Nosirov Rayxon bilan duet kuylaydimi?
- Sizni qo'shiq kuylashni boshlabdi deb eshitdik. Shu gap rostmi? -
Qo'shiq kuylashni boshlamoqchi edik, hamma eshitdi bu narsani do'stim
"Radius 21" guruhidagi Shaxzod olamdan o'tganini. Bizni niyatimiz
klipmeyker bilan xonandana duet kuylash edi. Bu niyatni Xudo xoxlasa
ro'yobga chiqaraman. Chunki Shaxzod studiyada o'zi yozib qo'ygan
ashulalari bor. Shunga ashula aytib duet sifadida remix qilib
chiqarishga harakat qilaman. Umuman olganda o'zim ishlagan kliplarimga
qo'shiq kuylash niyatim bor. Masalan Rayhon, Rashid Xalikov, Sardor
Rahimxon va Ulug'bek Rahmatullayevlar bilan duet kuylab albom
chiqarishni rejalashtirganman.
- Yaqin kunlarda o'zbek kinofil'mida Ulug'bek Qodirov bilan bosh rolda chiqishingiz qanchalik rost? -
Bosh rolda chiqishim no'malum desam ham bo'ladi lekin hozir
rejissyorlar hozir shuni ko'rib chiqishmoqda. Yana ham to'laroq bo'lish
va sochimni o'stirishim kerak ekan. Sochimni o'stirsam menga
yarashmaydi. Endi ularni vazifasi qanday bo'lishiga bog'liq. Balki
sur'atga ham tushishim mumkin. Yaqinda "Majruh" filmida Ulug'bek
Qodirov bilan kichkina epizod rolni o'ynadim. Shundan keyin bizni
rejissyorlar Ulug'bek bilan bosh rolda boshqa filmda ko'rishmoqchi va
taklif qilishmoqchi. - Gap so'zlarga qaraganda ozish uchun parxez qilib turar ekansiz. Shu gap rostmi?
- To'g'risi aytsam ozish uchun unaqa ham harakat qilmayman. - Lekin ozish uchun parashyutdan sakragansizku? -
Parashyutdan sakraganim rost. To'g'ri parxez tutib turaman lekin yanada
to'lishib ketgandek o'zimni his qilaman. Baribir ovqat kam yesam ham
o'sha-o'sha bo'lib qolaveraman. Shuning uchun parxez tutmaydigan
bo'ldim. -Lekin ancha ozib qolibsiz... -Yog'e. Birinchi marta sizdan eshitishim. - Unaqa ko'p emas, ozgina.