Mana navbatdagi 25 – may sanasini ham qarshi olib turibmiz. Yana bir yosh avlod maktab ostonasidan katta hayot sari uchirma bo’ladi. Har kim o’z yo’lini topish maqsadida har tomonlarga sochilib ketadi. Yillar o’tgan sayin qadrdon maktabning qadri shunchalik ko’p bilinaveradi. Undagi shirin xotiralar esa inson qalbini o’sha damdagi hissiyotlarga to’ldiradi. "Hayr maktabim, hayr sho’hligim….” deya maktab bilan hayrlashganda, maktabda qolayotgan birinchi ustoz, birinchi sevgi, birinchi do’stlik va sho’hliklar bilan ham hayrlashamiz… Bitiruvchilar kuni munosabati bilan shoubiznesimizning yulduzlaridan Rayhon 25 - 26 may kunlari bo`lib o`tadigan Bojalar - SHOU kontsertida bitiruvchilarimizga o`zining kutilmagan ijodiy syurprizlarini taqdim etishga va`da bergan. Kontsert dasturini o`tkazb yubormang. Qanday syurprizligini birinchi bo`lib bizning portaldan bilib olishingiz mumkin.