Muhlislarimiz Har kuni Ravshan Ermatov Haqida kamida bitta habar yoki yangilik kiritilishiga o'rganib qolishibdi shekilli, bugun ham hamyurtimiz haqida birorta yangilik talab qila boshlashdi. Internet olamini kezarkanmiz, Rossiyaning "Komsomolskaya pravda" nashrida o'tkazilgan so'rovnomaga ko'zimiz tushib qoldi. So'rovnoma "JCh-2010ning eng yorqin ishtirokchisi kim?" savol ostida o'tkazilgan.
So'rovnoma natijalariga ko'ra, hamyurtimiz Ravshan Ermatov beshinchi o'rinni egalladi. hakamimiz ishtirokchilarning 4,4% ovozini yig'ishga muvaffaq bo'lgan. Birinchi 'rinni zsa Maradona (57,1%) egallagan bo'lsa, vuvuzela chaladigan muhlislar ko'p ovoz to'plash bo'yicha ikkinchi bo'ldi. Uchinchi va to'rtinchi o'rinlarda Krishtianu Ronaldu va Messilar qayd ztilishgan.
JCh-2010ning eng yorqin ishtirokchisi kim? Diego Maradona 57,1% Vuvuzla chalayotgan muhlislar 12,1% Krishtianu Ronaldu 8,8% Lionel Messi 7,7% Hakam Ravshan Irmatov 4,4% Miroslav Kloze 3,3% Fabio Kapello 1,1% David Vilya 1,1% Luis Fabiano 1,1% Devid Bekhem 1,1% Raymon Domenek 1,1% Nikolya Anelka 1,1%
P.S. Rus matbuoti Ermatov haqidagi habarlarda ochiqchasiga "bizning odam" ("наш человек") deya yozishni boshlashdi. Chempionat oldidan bildirilayotgan fikrlar va hozirgi e'tiroflarni o'qish qiziq ko'rinarkan ko'zimizga.
|