Assalomu alaykum aziz dindoshim! Sizni muborak ayyom - Ramazoni sharif bilan chin qalbimizdan qutlashga ijozat bergaysiz. Ushbu mohi sharif qalbingizni iymon va Alloh muhabbati bilan to'ldirsin! Qilajak ibodatlaringiz, duolaringiz Yaratgan huzurida maqbul bo'lsin! Ayyom muborak!
RO‘ZA TUTISH (OG‘IZ YOPISH) DUOSI Navaytu an asuma sovma shahri romazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu akbar. Ma’nosi: Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun. Alloh Buyukdir. IFTORLIK (OG‘IZ OCHISH) DUOSI Allohumma
laka sumtu va bika amantu va ‘alayka tavakkaltu va ‘ala rizqika
aftartu, fag‘firli ya g‘offaruma qoddamtu va ma axxortu. Ma’nosi:
Ey Alloh, ushbu ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va
Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey
gunohlarni afv qiluvchi Zot, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni
mag‘firat qilgil. Toshkent shahri va viloyati uchun Ramazon taqvimi 1431 hj. - 2010 yil | | | | | | 11 | Chorshanba | 3:58 | 19:31 | | 12 | Payshanba | 3:59 | 19:30 | | 13 | Juma
| 4:00 | 19:29 | | 14 | Shanba
| 4:11 | 19:27 | | 15 | Yakshanba
| 4:02 | 19:26 | | 16 | Dushanba
| 4:03 | 19:24 | | 17 | Seshanba
| 4:04 | 19:23 | | 18 | Chorshanba | 4:05 | 19:21 | | 19 | Payshanba | 4:06 | 19:20 | | 20 | Juma | 4:07 | 19:19 | | 21 | Shanba | 4:08 | 19:17 | | 22 | Yakshanba | 4:09 | 19:15 | | 23 | Dushanba | 4:10 | 19:14 | | 24 | Seshanba | 4:11 | 19:12 | | 25 | Chorshanba | 4:12 | 19:11 | | 26 | Payshanba | 4:13 | 19:09 | | 27 | Juma | 4:14 | 19:08 | | 28 | Shanba | 4:15 | 19:06 | | 29 | Yakshanba | 4:16 | 19:04 | | 30 | Dushanba | 4:17 | 19:03 | | 31 | Seshanba | 4:18 | 19:01 | | 1 | Chorshanba | 4:19 | 19:00 | | 2 | Payshanba | 4:20 | 18:58 | | 3 | Juma | 4:21 | 18:56 | | 4 | Shanba | 4:22 | 18:55 | | 5 | Yakshanba | 4:23 | 18:53 | | 6 | Dushanba | 4:24 | 18:51 | | 7 | Seshanba | 4:25 | 18:50 | | 8 | Chorshanba | 4:26 | 18:48 | | 9 | Payshanba | 4:27 | 18:46 | Toshkentdan boshqa shaharlardagi vaqtlar farqi (minut) Avval : Chimkent
(1), Konibodom (5), Qo‘qon (7), Jambul (7), Namangan (10), Farg‘ona
(10), Marg‘ilon (10), Andijon (12), O‘sh (14), Jalolobod (15), Bishkek
(21), Olma - ota (21). Keyin : Bekobod
(4), Turkiston (4), Jizzax (6), Guliston (7). Denov (7), Jonboy (7),
Samarqand (9), Shahrisabz (10), Kattaqo‘rg‘on (12), Qarshi (9), Nurota
(14), Navoiy (19), Buxoro (21), Xiva (35)
Alloh
taolo barchamizga ramazon ro‘zasining haqiqiy ixlos bilan tutishni va ajru savoblarga ega bo‘lishimizni muvaffaq aylasin. Omin! RAMAZON MUBORAK
Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan, Bu oy "Qur’on” nozil bo‘lgan oy ekan, Ro‘za tutgan zot iymonga boy ekan Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro‘za bizga yordam qo‘lin uzatmish, Takabburlar axloqini tuzatmish. Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin Arazlashgan bir-birini kechirsin Olloh olov kamzullarni yechirsin Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Bo‘lsang uyda, xoh dalada, adirda, Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda. Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro‘zamizni Olloh uchun tutaylik, Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik, Mangu xuzur-xalovatga yetaylik, Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak!
Xoldor Vulqon
|