Muborak
Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini,
xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag’rikenglik va saxovat ifodasi ekanini
e’tiborga olib hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Diniy
bayram – Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida”gi 1991
yil 20 iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:
1.
2010 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16 noyabrga to’g’ri kelishi
haqida O’zbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib,
2010 yil 16 noyabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda
bayram sifatida keng nishonlansin.
2.
Respublika "Nuroniy”, "Mahalla” jamg’armalari, "Kamolot” yoshlar
ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi davlat va jamoat
tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada,
xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o’tishi uchun tegishli
tadbirlarni amalga oshirsin.
3.
O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O’zbekiston Milliy axborot
agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga bayram tadbirlarini
keng yoritish tavsiya etilsin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
|