Man internet orqali bir yigit bilan tanishdim. U bilan bir - birimizga ko'ngil qo'ydik. U Navoiy shaxrida turadi man esa Toshkentda. u mani ko'rmoqchiligini , uchrashmoqchiligini aytdi va tez kunlada Toshkentga keladigan bo'ldi. Oradan bir xafta o'tib u toshkentga keldi biz uchrashdik. Kun bo'yi hiyobonlani aylanib yurdik. Keyin u ketdi. Bizani gaplashib yurganimizga bir oydan oshgan bo'lsayam xali biror marta tortishmagandik. Unga yoqqan narsalar manga , manga yoqqan narsalar unga yoqardi . Xatto qiziqishlarimiz xam bir xil. U mandan 4 yoshga kotta edi. Keyin u manga sovchi qo'yishini aytardi.Biz baxtli bo'lamiz derdi . kunlarning birida xar tong telefon qiladigan "Jonim" qo'ng'iroq qimadila. Man xayron bo'lib bo'lib qo'ngiroq qisan raqamlari o'chirilgan edi. oradan kunlar o'tvotudi lekin uladan xabar yo'q edi. Ular manga bir payt bir do'stidan qo'ng'iroq qigandila, bir amallab uni nomerini topdim tel qilib gaplashdim...
Bilsam sevganim uylanibdi... ko'zimga dunyo qorong'ulashib ketdi. Uni sevgan kunimga lanat aytdim. Manga dugonalarim uni unutishga yordam berishdi. Aziz aka agar mani yozganlarimmi o'qivotgan bo'seyiz bir savolimga javob bering - Mani sevganmiz ?... Man o'ylimanki endi xech kimni sevolmiman.