Onajonim uchun bu gul!!! Oh mening ortimdan ovora onam, Bir parcha yuragi ming pora onam. Har joylarni ko'rgan dunyoda Lek Hajlarni ko'rmagan onam. Bolang bo'lib bir bor aylantirib keldimmi, Endi men ham senga o'g'il bo'ldimmi. Garchi bisotingda "bayram" so'zi yo'q, Bilman, kutasan sandal to'la cho'g'. Menda yurak deganlarini o'zi yo'q, Men sovg'a bermagan qiz yo'q dunyoda. Sengachi? Na bir gul na shirin so'z, Endi men ham o'g'il bo'ldimmi onam. Deysan: Olislarda omon bo'lsang bas, Bolam hamma senga qiladi havas. Men mashhur shoirmas - mashhur beshafqat, Endi men ham o'g'il bo'ldimmi onam. Sog'inib bayt bitdim u seni topsin, Poyingga tiz cho'kkib poyingdan o'psin. She'rdan ham ulug'in borligin ko'rsin, Borib men uchun ham holingni so'rsin. SENSIZ G'ARIB KO'NGLIM KO'NGILMI ONAM, MEN HAM SIZGA O'G'ILMI "ONAJONIM" "UzBOLA" kiritdi!
|