Статистика |
XOZIR SAYTDA 5 MEXMON 5 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2011 » Декабрь » 13 » " Tashlap ketmang, Onajon.... "
11:41 " Tashlap ketmang, Onajon.... " |
Assalamu alaykum Qadrdonlarim. Hozir ijodimga eng qalbga yaqin she'rimni sizlarga armug'on etishni istadim. Yoshlik havasi deb,öz jigargo'shasidan kechadigan Onalarni hech tushunmiman. Boqa olmiman, sharoitim yo'q,-deb abort qilishadi, tashlap ketishadi. Farzand Robbimni eng shirin mevasi, nahotki, vos kechish shunchalar oson bo'lsa. Shahzod guruhining eski - " Qizaloq" she'ridan ta'sirlanganimda yozgan sevimli ijod mahsulim. She'rlarim ichida bu boshqacha man uchun... Marhamat...
Bu dunyoda Onalardan Ulug' inson bo'lmaydi. Farzandini havaslardan Ardoqlovchi bo'lmaydi.
Orzulardan bunyod bo'lgan Qalbingizman, Onajon. Vujudingiz bir parchasi Tashlab ketmang, Onajon !
Yetimlarni shum boshini Silovchilar köpdur,lek Menga sizning mehringiz ulug' Tashlab ketmang, Onajon !
Men bilaman,siz ham mansiz Afsuslardan adosiz Iltijoni qilib so'zsiz Tashlab ketmang, Onajon.
Farzandlikdan olib meni Yetimlikka tashlamang . Yetimlikni noni qattiq Havaslarni hushlamang.
Hayotingiz marvaridi Qalbingizni nuriman Qilmang mehrlarga muhtoj Tashlab ketmang, Onajon.
Qanchalarni mushtoq qilib Yoningizda turibman Befarzandlar nidosiman Mehringiz istab turibman.
To'qqiz oyda mehringizdan To'yolmagan ojizman Shu hayotim qo'lingizda Tashlab ketmang, Onajon !
Qancha inson tirnoqqa zor Qanchasidir qilar xor Nechun, Ortingizga boqmay Ketmoqdasiz, Onajon !
Kelajakda hali sizni Baxtga ko'mib, berib jon. Xizmatingiz shu bo'ynimda Tashlab ketmang, Onajon.
Yurak urishingiz tinglab Mehringizni boy bildim. Yolg'iz sizni " Onam " deya, Ona mehrin his qildim.
Allohimni menga bergan Risqi sizda, Onajon. Ketmang, meni risqim qiyib Tashlab ketmang, Onajon.
Mehringizdan o'zga mehr O'rningizni bosolmas Tug'ilishim o'zi sehr O'zga Onam bo'lolmas.
Qattiq xatolarni qilib, Qilmang, bag'ringizni qon Xatolardan xato yasab Tashlab ketmang, Onajon !
Har soniya yangrayverar Nidolarim, faryodlarim. Axir meni aybim nedur... ??? Namdur boqqan Qarog'larim...
Havaslardan, gap - so'zlardan Farzand shirin, Onajon. Ko'z yoshimni to'kib- to'kib Tashlab ketmang, Onajon.
Farzandlikdan olib meni Yetimlikka tashlamang. Yetimlikni noni qattiq Havaslarni hushlamang.
Bu dunyo ham o'tar, ketar Havaslarni quchoqlab Oxiratda yolg'iz sizga Suv tutaman, Onajon..!
Menda sizni haqqingiz bor Olmaysizmi, Mehribon...? Mensiz qanday yashab to'kis Baxtlimisiz, Onajon...?
Meni mehringizdan yulib Kimga mehr beryapsiz? Bir murg'akni zor- zor qilib Kimni to'kis qilyapsiz?
Nahot, meni bu yashashim Sizga keladi malol Haqqim yöqmi,nahot meni Baxtli yashash, shumi hol.
Bag'ringizga bu qahrlar, Qay manzildan keldi, nega? Bir parcha-yu, panohsizga, Bu alamlar kerak, nega?
Ko'zlarimga intizorlik Tuyg'usini joylamang. Onasini kutib yotgan Sog'inchlarga boylamang.
Bu hayotga to'yolmagan Boshga yana sinov, nega? Ilk daqiqa Armonlar-u, Sog'inchlarni berib, nega?
Tushlarimga kirib ko'p bor Boshginamni silaysiz Ammo tongda yana meni Tashlab qayga ketasiz?
Mehringizga ravo ko'rmay Nechun, Bag'rim tig'laysiz ? Ko'zlarimga g'amni joylab, Yana nelar tilaysiz ?
Qo'llarimni ko'kka cho'zib Yolg'iz sizni so'rayman Meni tashlab ketmang, deya, " Baxtim " sizga tilayman.
Umringizni bahorini O'chiryapsiz, Onajon. Tashlab, endi kimdan Vafo Kutayapsiz, Onajon.
Bu dunyoni matohlari Mendan afzal bo'ldimi Odamlarni gunohlari Kechirimli bo'ldimi ?
Ko'chalarga boqib doim Onam, sizni izlayman. Meni olib ketarmi, deb Takror - takror o'ylayman.
Nega, meni bir umrga Zor - intizor qildingiz ? Aybimni ham aytmasdan, Ko'zda yoshlar qildingiz ?
E'tiboringiz uchun Tashakkur...
_IROSH_
|
Категория: SHERIYAT |
Просмотров: 1971 |
Добавил: Irosh
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|