Bundan ikki yil oldin, oppoq libosda ming bir shirin hayollar bilan o'zga uy ostonasiga qadam qo'ygan kelinchak, bunday qabihliklarga duch kelishini bilganmikin....... Nargiza o'zi judayam aqlli, farosatli, chiroyli qiz edi, biz bir kursda o'qirdik, judayam qalin o'rtoq edik uni go'zalligiga, uzun sochlariga o'tgan-ketgan yigit oshiq bo'lib qolardi, hattoki bu xolatga qizlarning xasadi ham kelardi, oliy o'quv yurtining 3-bosqichiga o'tganimizda u Angliyaga 1 yil stajirovka o'tash uchun grand yutib ketdi, qaytib kelgandan keyin u bilan uchrashdik, hech ham o'zgarmagan, o'sha-o'sha chiroyli, sochlari uzun va samimiy edi. O'sha kundan keyin negadir u yo'qolib qoldi, men uni topolmadim, telefoni o'chirilgan, uyiga borsam onasi uyda yo'qligini buvisinikiga To'ytepaga ketganini aytdi, men ha mayli deb uyimga qaytdim, 1,5 oydan keyin kechasi soat 10 larga yaqin telefonim jiringladi, olsam Nargiza, u bilan salom-alik qilib bo'lgach , nega buncha kech qo'ng'iroq qilayotganini so'radim va u menga ertaga to'yi bo'layotganini, ota-onasi uni majburlab uzatishayotganini, va Angliyada o'qib yurganida bir yigit bilan tanishib axtu paymon qilishaganini aytib berdi, lekin ota-onasi u haqida eshitishni ham xohlamay, uni xonasiga qamab, telefonini olib qo'yishganini, yig'lab aytib berdi. Xullas, u turmushga chiqdi, boshida u bilan telefon orqali gaplashib turdik, u hayoti yaxshiligini u yigitni unutishga harakat qilayotganini aytib berar, baxtidan xursand edi, lekin........ Bir kuni uning onasi qo'ng'iroq qilib, meni dugonam chaqiyotganini aytdilar, men hop deb, shu zaxoti yo'lga tushdim, dugonamni ko'raman, bir dardlasharkanmizda deb ich-ichimdan xursand edim, axir uni ko'rmaganimgayam 4 oy bo'lgan edi, uyiga yetib borganimda, eshikni onasi ochdi, va o'z xonasida meni kutayotganini aytdi, xonasiga kirganimda uu qiz oilamizga to'g'ri kelmaydi, ma'lumoti yo'q, kambag'al, erdan chiqqan deb rozi bo'lishmabdi va otasining Toshkentda 1 badavlat do'sti borligi uning oliy ma'lumotli, chet elda o'qib kelgan qizi borligini aytgan va rasmini ko'rsatib uchrashuvga chiqishi kerakligini aytgan, xullas, ular uchrashishadi, yigit uchrashuvdan kelib sevgan qizi bilan reja tuzadi, reja bo'yicha bola u qizga uylanib bir oz fursatdan keyin, undan har xil kamchiliklar topib, u bilan ajrashib so'ng o'z sevganiga erishish rejasi edi. Xullas, to'ydan 1 oy o'tib yigit rejani amalga oshirish maqsadida, dugonamni o'g'rilikda va xiyonatda ayblab uni shu bugunoq uyni bo'shatib qo'yishini aytadi, dugonam esa, bu tuxmatdan xangu-mang bo'lib qolib, eridan yalinib-yolvorib bu uydan xaydamasligini iltimos qilib so'raydi eri bunga ko'nmaydi, va ishdan qaytgunicha uni qorasini ham ko'rmasligini aytib chiqib ketadi. Bechora dugonam nima qilarini bilmay, uyida xizmatini qilib yuraveradi, kech tushganda eri kelib xotini ko'rib jaxli chiqib, nega ketmaganini so'raydi, qiz esa aybi yo'qligini, aytib yig'laydi, lekin bag'ritosh erning bu ko'zyoshlarga raxmi kelish o'rniga, g'azabi qaynab, uni do'pposlay ketadi, bu xolatdan qaynona va qaynota hayron bo'lib yugurib kelib nima gapligini so'rasa, o'g'li xotini o'g'ri va xiyonatchi ekanligin aytadi, buni eshitib ota-ona, qizni uyiga haydavorishni aytadi va o'g'li uni do'pposlab ko'chaga olib chiqarib tashlaydi, uni o'lgudek savalab, uni uyiga Toshkentga, sevgan o`zi orqali jo'natib yuboradi. Bularni eshitib shok bo'lib qoldim, va kasalxonaga olib borish kerakligini aytdim, lekin onasi, foydasi yo'qligini, shifokorlar uning qovurg'alari sinib mayda-mayda bo'lib ketganini, jigari zarbdan ezilganini, va uning qornidagi uch oylik xomilasi tushib qolganini aytib umid yo'q deya uni uyiga jo'natib yuborishibdi, uyimga qaytib kelib yum-yum yig'lab, hech o'zimga kelolmadim, kechasi uxlolmay, ertalabgacha o'tirib chiqdim va ertalab kechasi dugonam vafot etganini eshitdim. Karovatida jonsiz bir qo'g'irchoqdek yotardi, men bu xolatdan qo'rqib ketdim va uning oldiga borsam yuziga qarab bo'lmas edi, yuzining biror sog' joyi yo'q, ko'karib ishib ketgan, hattoki og'zini qimillatishga xoli yo'q edi, keyin onasini chaqirdim va unga nima bo'lganini so'raganimda, onasi yig'lab bo'lgan voqeani gapirib berdilar: erining uylanishdan oldin 2 yil birga yurgan qizi bor ekan, lekin ota-onasi .............. Ayting bu qanday qaboxat, odam ham shunchalar vaxshiy bo'ladimi, u bechorani nima gunoxi bor edi, o'n gulidan bir guli ochilmagan g'uncha edi, bu aytib berganlarim, hammasi haqiqat, bo'lgan voqea, keyin eshitsam erini 20 yilga ozodlikdan maxrum etishibdi, men bo'lganimda uni bu qilgan ishi uchun umrbod qamoq jazosini berardim.Albatta jazo berish allohdan, allohim o'zi uni munosib jazolaydi.
|