Статистика |
XOZIR SAYTDA 4 MEXMON 4 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Июль » 9 » "Pul bo'lsa changalda Muxabbat" emish!!!
09:56 "Pul bo'lsa changalda Muxabbat" emish!!! |
Tavba…$cut$ Bu dunyoda "Pul bo’lsa changalda shorva” degan maqolni eshitgan ekanmanu, lekin "Pul bo’lsa changalda muxabbat” deganlarini xech eshitmagan ekanman. Biz Sarvinoz bilan man yettinchi u esa oltinchi sinfga o’tganimizda tanishdik. Shu tanishdanimizcha xatto kollejni xam 1 yil farqi bilan birga tugatdik. Biz birbirimizni bir kunda 1 marta ko’rmasak turolmasdik. Kollejni 1 yil avval bitirgan bo’lsamda keyingi bir yil umrim xam shu kollejda o’tdi. Kollejni bitirdi. Mana uni bo’yi yetdi. Lekin mani oilaviy sharoitim ularnikidan qisqaroq bo’lganim uchun oyimni arang sovchilikka jo’natdim. Lekin … Xayotda xamma narsani pul xal qilishini shunda bildim. Oradan 2-3 fahta o’tar o’tmas do’stlarimdan ajoyib "YANGILIK” . Sarvinozga keyingi oyda to’yi. Mani bu xayotda yashashdan maqsadim qolmadi. Sarvinoz bo’lsa o’sha sevgini yuzaga chiqaraman deb uyidagilardan xam ancha ozor chekdi. U manga taklifnoma bera turib "Baxtli bo’ling” degan gaplari xali yodimda. Bugun uni to’yi. Kuyov xam begona emas. Tengdoshlarimizdan. Xayronman, mani Sarvinoz bilan bir necha marta ko’rgan lekin… Toyga bormayman desam xam do’stlarimni qistovi bilan bordim. (ochig’i yuragimni ich-ichida uni oxirgi marta ko’rish, ko’rganda xam kelinlik libosida ko’rish istagi bor edi). Toyda 2 kishidan boshqa xamma xursand. Davra raisi xam aytdan so’zga mani chaqirdi. Avvaliga chiqqim kelmadi. Lekin sevganimga xech narsa berolmadim xech bo’lmasa baxt tilay deya so’zga chiqdim. Sevgilim manga kelinlik libosidagi atirgul misoli qarab turardi. Man u uchun sher aytdim:
Bugun to'y bo'lyapti yorim ko'z yoshi, Kelin bo'ldi bugun go'zal qalam qosh. Bugun to'y bo'lyapti bag'rimni ezib, Mahzun boqar menga asta qoqob bosh. Bugun to'y bo'lyapti o'z sevgilimga, Bir kundayoq butkul begona bo'ldik. Bugun to'y bo'lyapti mening jonimga, Naxotki yuraging o'zgaga ko'ndi. Bugun to'y bo'lyapti yor jamoliga, Men emas o'zga yor kulib boqadi. Bugun to'y bo'lyapti yorning sevgisi, Mening vujudimda qondek oqadi. Bugun to'y bo'lyapti yuragim yig'lab, Sarobi sevgimni yulib otmoqda. Bugun to'y bo'lyapti yorim bevafo, Bir pok sevgimizni pulga sotmoqda. Yerga egilgan boshimni ko’tardanimda Sarvinoz yig’lab turardi. Ko’zimda yosh ila cho’ntagimdagi bor pulimni artist cho’ntagiga soldimda to’yxonani tark etdim.
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 1586 |
Добавил: Asilbek_UZ
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|