Men she'r yozmadim aslida do'stlar,
Aytmoqchi bo'lganim, oddiy bir so'zlar. Bundan mustasnomas hattoki qizlar, Iltimos chekmang, chekmang azizlar.
Ehtimol bu senga oddiy tuyilar, Bu gunoh ishingni farzanding ko'rar. Qushlar ham uyida ko'rganni qilar, Iltimos chekmagin, chekmay yashagin.
Hayotdan xursand bo'l, kulib yashagin, Dilingni qayg'uga bermay yashagin. Hayoting, umringni qadriga yetib, Iltimos chekmagin, chekmay yashagin.
Bu zaxri qotildan kim foyda ko'rdi, Birovlar rak bo'lib, boshqalar kuydi. Dunyoda millionlab odamlar o'ldi, Iltimos chekmagin, chekmay yashagin.
Chekkan odam menga aslo yoqmaydi, Men tomon otishga toshlar qolmaydi. Nahot uzoq umr sizga yoqmaydi? Kamina chekmaydi, chekmay yashaydi.
|