QULOQNING ESHITISHI SHART BO'LGAN NARSALAR 1.Ota-onaning sözlari; 2.Ustozning sözlari; 3.Mashoyihlar va hikmat ahlining sözlari. QULOQNING ESHITISHI MAN MAN QILINGAN NARSALAR:
1.Botil va bid'at sözlar; 2.Behuda va foydasiz fahsh sözlar. 3.G'iybat va böhton sözlar. G'iybat va böhtonni tinglaganlar ham shu gunohga sherikdirlar. Uyat va qattiq sözlarni tinglash betni qotiradi.Hayosizlikka olib keladi.Ursa eti qotadi,söksa beti,deb bejiz aytishmagan.Örni kelganda bir gap.Farzandlaringizga,ukalarizga muomala qilishda,hadeb qattiq sözlashdan ehtiyot böling.Keyin gapingiz kor qilmay qöysa,özingizdan öpkalang. Yolg'on,bekorchi sözlarni tinglash,bid'atga quloq solib,unga moyillik bildirish ham gunohlarning zöridir.Shu örinda bid'at haqida 2 og'iz söz.Bugungi kunda diniy ilmlardan ma'ruza qiluvchilar köpayib ketgan.Özlari öqimagan,körmagan narsalari haqida Qur'onda shunday yozilgan ekan,deya nasihat qiluvchilarga quloq osuvchilar atrofdagilarning quloq osuvchilar atrofdagilarning ongini ham zaharlaydi.Yaxshisi,ulamolar isboti bilan aytilgan fikrlariga quloq tuting. Ushbu ma'lumotning ham davomi bor.Unda Til odobi bilan tanishasiz.
|