Uzun sochli malak eding Sen hammaga yoqar eding Kokillari uzun ruxsor Ayt sen kimni sevar eding?
Menga olis bo`ldimi baxt Osmonlarga yetolmadim Orzularim ko`p ediku Qo`l ushlashib yurolmadim
Ishq yuragim titratganda Toshlar erir edi hali K`ongil yig`lab qolar edi Sen qosh qoqqan mahali
Sen atirgul bo`lganingda Balki bog`bon bo`larmidim Yuragimni tirnar savol "Men ham senga yoqarmidim?”
Menga armon bo`ldimi baxt Yor vaslingga yetolmadim Orzularim ko`p edi eh! Qo`l ushlashib yurolmadim.