QO'LNI SAQLASH KERAK BO'LGAN HOLATLAR: 1.Harom narsaga teginmaslik. 2.Birovni urish uchun qöl kötarmaslik. 3.Omonatga xiyonat qilmaslik 4.O'ziniki bölmagan narsalarni ruxsatsiz ushlab körish va olishdan tiyilish. QO'LDAN FOYDALANISH SHART BO'LGAN HOLLAR: 1.Halol kasb bilan shug'ullanish uchun. 2.Hunar örganish. 3.Birovlarga kömaklashish uchun. 4.Qalam ushlash uchun. Qöldan foydalanish shart bölgan hollardan foydalanmaslik,ya'ni tilanish uchun qöl chözish juda yomondir.Bir marta tilangan odam hech qachon röshnolik körmaydi. QORIN ODOBI Aslida, juda köp gunoh ishlarga qornimiz sababchi.Nafsimiz tilagan narsani har doim ham topa olmaymiz.Ba'zan topish uchun moddiy jihatdan imkonimiz yetmaydi.Agar unga quloq solsak,birovning haqini qörqmay yeyishimiz,adashishimiz,ta'ma qilishimiz,pora olishimiz,ög'irlashimiz hech gap emas. OYOQ ODOBI BORISHDAN SAQLANISH KERAK BO'LGAN JOYLAR: 1.Zolimlar va haromxörlar uyiga bormaslik. 2.Qimorxona,xarobot va tuhmat joylarga bormaslik. 3.Nomahramlar orqasidan qadam tashlamaslik. Tunda boriladigan joylardan saqlaning.Ular yaxshilik keltirmaydi.Turli yig'ilishlar,tug'ilgan kunlar - hech biri tun böyi davom etmaydi. BORISH SHART BO'LGAN JOYLAR: 1.Xayrli ishlar uchun qadam tashlash. 2.Qabrlar ziyoratiga borish 3.Bemorlar ziyoratiga bormoq 4.Ilm olish uchun ustoz huzuriga bormoq. 5.Olim - fozil kishilar suhbatiga bormoq. QALBINGIZNI OLLOHGA BO'LGAN MEHR MUHABBAT TARK ETMASIN.KO'NGILNI SAQLASH ODOBI MAVZUSI OSTIDA YORITIB BERGAN köz,quloq,til,qorin,oyoq odoblari sizga yoqgan bölsa xursandman.Inshoolloh bundanda yaxshiroq ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etaman.
|