Статистика |
XOZIR SAYTDA 4 MEXMON 4 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2012 » Февраль » 14 » QIZLARGA ATALGAN SO'Z...
13:25 QIZLARGA ATALGAN SO'Z... |
Assalamu alaykum.
Bir qo'shni qizning turmushi buzildi. Qarangki u ko'ch-narsalarini olib qaytadigan kuni ham odatdagiday hamma yoqni orasta qilib ketibdi. Qo'shnilar hol so'rab kirsalar,qaynonasi taxlangan sochiqlarni xomush silab o'tirganmush. " Qarang,baraka topkurni,oshxonaning narsalarini ham mana shunday yaraqlatib tutardi" dermish yum yum yosh tökib... Hech kimni rözg'ori buzilmasin,uning aziyatini boshidan kechirgan biladi. Bu kelin mazkur honadondan dili qattiq sinib ketmadi,umri sinib ketdi,ammo doim izini chiroyli tutib örgangani uchun,hatto qozon sochiqqacha pokizalab ketdi. Yaxshi Ayol kayfiyati qandayligidan qat'iy nazar,yaxshi bo'lib yashayveradi * * *
Yuqori qavatda bir yosh oila yashaydi. Besh yoshli Hasan-Husan farzandlari bor. Bola emas,bamisli olov deysiz! Ko'p qavatli uylarni devori piyozning pardasiday gap- yötalsang,eshitiladi. Ammo shu kelinning asabiy ovozini yoki bolalarini qarg'aganini,ovoz kötarib tergaganini eshitmadik. Unga til odobini örgatgan Onasiga raxmat deyman. Qizoyim,kördingmi,dastlab u Onasiga rahmat olib berdi. Ikkinchidan, uydagilarning asabi ayalib turadi. Qolaversa,uning katta yutug'i shuki, qo'ni qo'shnilar bu kelinni juda havas qiladilar va hurmatlaydilar.
* * *
Niyating -qismatingdir. Bir ayolni yoshligidan bilaman,juda suluv qiz bo'lgan. U erkaroqmidi yo fe'li asli tormidi,negadur yosh bolani yomon ko'rardi. Birovning bolasini aslo erkalatmas, bola haqda gap ketsa qoshi chimirilar, keksalar uvali juvali bo'lishini tilab duo qilsalar,siltab tashlardi. Hayotda bu ayol badavlat umr kechirdi,lekin farzand körmadi. To'kis yashadiyu,ammo bag'ri noto'kis o'tdi...
* * *
" Baqiroq tuyaning bori yaxshi " deydi xalq va buni bekorga aytmaydi ! Senga yoqadimi, yoqmaydimi, xunukmi,chiroylikmi,boymi, kambag'almi - eshigingdan kirib keladigan erkakingni borligi o'zi yarim davlating !
* * * ERKAK XIYONATI HAQDA...
Deylik, Umr yöldoshing sendan ketib bormoqda. Shuni bilki, sen xömrayversang,janjal yasayversang, "topganing mendan a'lo bo'libdimi ? " deb yoqasiga osilaversang,uning sendan uzoqlashishi tezlashadi!
* * *
O'rni kelganda mag'rur bola bilish ham -ilm ! Senga xiyonat qilgan erkagingga yalinma, iltijo qilma ! Mag'rur bo'l, ammo uning ko'ngli qoladigan ish qilma. Sabr qil,bugun bo'lmasa ertaga seni unga solishtiradi. O'shanda sening fazilatlaring ustun kelguday bo'lsin. Nikohni ohangrabosi,ko'z ochib ko'rgan ro'zg'orning mehri o'lmaydigan narsa,bir kuni jufting ostonangga zor bo'lib qaytib keladi. Xalqning " Kel-kel desa kelmaydi,kelma desa keladi" naqli ro'zg'orga ham taalluqli. Sabr qil!
( Tursunoy Sodiqova - Qizlarga atalgan so'zlar,kitobidan )
Shu o'rinda o'zimniyam 2 og'iz gapim boridi. Umr yo'ldoshni qanchalik tergasangiz uni ko'ngli sovib boradi. Shunday bo'lingki, erkak ishdan qaytib uyga kirganda Jannatga tushganden bo'lsin. Uy Orasta, tansiq va mazali taomlar, Bir Parivash xushmuomala bo'lib kutib olsa qaysi Erkakgayam yoqmiydi bu u xiyonat qilgan taqdirda, janjal bilan yo'l tutmang. Mag'rur bo'ling.qachonki o'zingizni xurmat qilsangiz,shunda sizniyam xurmat qilishadi. Otani xech qachon farzandlarga yomonlamang. Shunday O'zbekoyim bo'lingki, Turmush örtog'ingiz sizdan yaxshisini topa olmasin. Unga hech zamon ochiqdan ochiq qarshi chiqmang. Doim qo'llap quvvatlang. Baxt O'z qo'lingizda. Yana o'sha eski bo'lsada,kerakli maqol ERNI ER QILADIGAN HAM,QARO YER QILADIGAN HAM AYOL.
E'tibor uchun tashakkur.
_IROSH_ WWW.SHERLAR.UZ
|
Категория: FIKR-MULOHAZA |
Просмотров: 8350 |
Добавил: Irosh
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|