Ma’lum bo‘lishicha, mashinalarning 85 foiz modellari birinchi navbatda ayollar uchun ishlab chiqarilar ekan.
Rasmiy dalillarga ko‘ra, AQShda sotib olinadigan mashinalarning 45 foizi ayollarga tegishlidir. Ammo bu qog‘ozlardagi ko‘rsatkich, xolos. Axir amerikalik erkaklar olgan mashinalar, garchi ularning nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, faqat o‘zlari minadi, degani emas, chunki undan oila ayoli ham foydalanadi, deydi «Ford» kompaniyasining marketing xizmati boshlig‘i Sheril Konneli.
Konnelining so‘zlariga qaraganda, ayollarga ham erkaklar singari tejamkor, tez va qulay yuradigan, ko‘rinishi chiroyli avtomobillar yoqadi. Biroq, ular erlari kam e’tibor beradigan salon qismlari, o‘rindiqlar qoplangan material sifati, jihozlar qanday joylashgani, boshqarish panelidagi tugmalar qulayligi kabi mayda-chuydalarga e’tibor qaratishadi
|