Asli e'tiborga arzimassizlar
Soatni so'rasa bilmasdan birov, Ayamay so'kasiz, kutmasdan darrov, So'zlarim sizlarga bo'lsin bir maqtov, O'zini osmon deb o'ylagan qizlar, Asli e'tiborga arzimassizlar. Sizning g'ururingiz aslida tuproq, Iymoningiz bor-u, aybingiz ko'proq, Qalbingiz mehrdan butunlay yiroq, O'zini osmon deb o'ylagan qizlar, Asli e'tiborga arzimassizlar. Namoz o'qiysiz-u, egningizda shim, Tandagi terimi yoki tor kiyim, Sababin so'rashsa jim qolasiz, jim, O'zini osmon deb o'ylagan qizlar, Asli e'tiborga arzimassizlar. Dilda "bismilloh"u, tilda yo'q salom, Ne sabab kutasiz tag'in ehtirom, Makringiz ilonni qila olar rom, O'zini osmon deb o'ylagan qizlar, Asli e'tiborga arzimassizlar. Menmas hayot bersin sizlarga ta'lim, Rost so'zlarim uchun mendan kechirim, Bugun ocha qoldim dildagi sirim, Aslida qalbimning to'ridasizlar, Nomusli, hayoli, iboli qizlar
Bir oz chin bo'lsada hazil she'r ,aybga buyurmaysizlar qizlarjon!!!!
|