Assalamu Alaykum Va raxmatullohi Va barakotuh aziz saytdoshim. Bir vaqtlar onam bir gapni aytgandilar. (Qiz bolada bo'lmasa xayo, qora libos kiyadi dunyo.) Bu gapning asl manosini bir voqeaga guvox bo'lgachgina tushunib yetdim... Shu voqeani sizga taqdim etaman.
.
Buvijonim bir kuni bir qiz bilan tanishtirdila, Bu qiz Muxabbat ........ xolangni nevarasi didila. U xam bizani maktabda lekin mandan 2 sinf yuqorida o'qirdi. U bilan tannafus paytlari gaplashib turardik. O'shanda man 8- sinfda o'qirdim. U manga qaysi yigit bilan yurishini aytardi. Keyin 1 xafta o'tar o'tmas u yigit bilan emas boshqasi ilan gaplashishini aytardi. Manga esa bu yoqmasdi.. Maktabni bitirdik, bir kuni ko'chada o'sha qizni uchratib qoldim, Yana o'sha axvol qanaqadir yigit bilan kechqurunlari uchrashib nimalar qilishigacha aytib berdi, Man esa xayratdan yoqa ushladim. Bir kuni buvimla qizim Muxabbat bilan o'rtoq bo'lma dedilar, Sababini so'radim. U kechqurun dugonalarim bilan birga aylanib kelaman deb chiqib ketibdi. Va qanaqadir yigitlar uni ............ Xullas, u nomusini yo'qotibdi... Ko'p o'tmay Buvim U xaqida aytib berdila,. U xomilador ekan, bir emas egizak.. Yana ko'p o'tmay u xaqida eshitdim, bir Avtobus Konduktori bilan gaplashibdi, uchrashibdi, Va xech narsa bo'lmagandek, bolalarni otasi boshqa bo'lsa xam o'sha yigitni bo'yniga ilibdi... U yigitni aldab unga tegib oldi, to'ylariga 5 oy bo'lmasdan farzandli bo'lishdi. Xozir esa yashashvotti... U o'z o'sha yigitni aldadi, kimningdir aybini aynan begunox yigitni bo'yniga qo'ydi... Naxotki u Allohdan qo'rqmasa... O'zi boshidan bexayo qiz edi, bexayoligi esa boshiga yetdi... Xozir uning xayoti qanday bilmayman...
Mana shu voqea kimlargadir ibrat bo'lsa degan umiddaman. Qizlarjon, iltimos, oddiy hoy-havasni deb iffatingizni nomusingizni yo'qotmang.. 09.06.2011 Kichkina_Odamcha
|