Статистика |
XOZIR SAYTDA 14 MEXMON 14 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Октябрь » 27 » QISQA DAVOM ETGAN NIKOHLAR
13:25 QISQA DAVOM ETGAN NIKOHLAR |
Nikoh marosimi va nikohlanuvchilarning hammaning diqqat e`tiborida bo`lishi bu baxt kaliti emas. Ular orasida ham ajrashishlar ko`p kuzatiladi. Shunday juftliklar ham borki, mehrob oldida butun umr birga bo`lishga ont ichib, nikoh guvohnomasiga qo`l qo`yish vaqtida bir-birini ko`rishga ko`zi yo`q bo`ladi. Quyida dunyoga mashhur kishilarning ana shunday qisqa vaqt davom etgan nikohi bilan sizni tanishtiramiz. Aktyor va aktrisa Bredli Kuper va Jenifer Espozito orasida tuzilgan nikoh to`rt oy davom etdi. 2006-yilda Fransiyada nikohdan o`tgan ushbu juftlik to`yga qadar ham uchrashib yurishar edi. 2007-yilning may oyida esa Los Anjelos sudi ularning ajralish to`g`risidagi arizasini o`rganib chiqib, ajrim to`g`risida qaror chiqardi. Aktyor bu haqda gapirar ekan, hatto bu nikoh uzoq davom etganligini ham ta`kidladi. Rene Zellveger va Kenni Chesni orasida tuzilgan nikoh ham to`rt oygina davom etdi. Nikoh marosimi shunchalik dabdaba bilan o`tgan edi-ki, marosimda qatnashganlar arjalish haqidagi xabarni eshitib hayratini yashira olishmadi. Mashhur aktrisa va musiqachi o`rtasidagi bu nikoh 2005-yilning 9-mayida Virjiniyadagi orollardan birida bo`lib o`tgan edi. Ajralish vaqtida kelin kuyovni yolg`onchilikda yablagan. Pamela Anderson va Kid Rok ham to`rt oy o`zaro nikohda yashashgan. Ularning nikoh marosimi Sen-Tropedagi yaxtada bo`lib o`tgan edi. Marosim bir hafta davom etgan. Pamela bu haqda o`zining internet sahifasida “Bu eng jozibali kunlar edi”, deb yozgandi. Oradan to`rt oy o`tib bu yozuv o`rnida “biz bir birimizga to`g`ri kelmadik”, degan so`zlar paydo bo`lgan. Shundan so`ng Pamela Anderson Peris Hiltonning sobiq turmush o`rtig`i Rik Solomon bilan nikohdan o`tdi. Bu nikoh esa besh oy davom etdi. Nikolas Keyj va Liza Mariya Preslining nikohi uch oy davom etdi. Gollivud aktyori va Elvis Preslining qizi o`rtasidagi nikohga ko`pchilik avvaldanoq ishonqiramay qaragan edi. Bu esa o`z isbotini topdi. 2002-yil avgustda Gavayi orollarida juda dabdabali marosim tashkillashtirilgan edi. Oradan bir necha kun o`tib ular orasida “harakterimiz bir-birimizga to`g`ri kelmadi”, qabilidagi gaplar paydo bo`la boshlagan. Aktrisa Dryu Berrimor 1994-yilda Jemi Tomasga turmushga chiqdi. Ikki yil uchrashib yurgan juftlik o`z munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlashga qaror qilishdi. Afsuski bunday bo`lmadi. Ularning o`rtasidagi munosabatlar bor yo`g`i 19 kunga yetdi. Aktyor Eddi Merfi va kinoprodyusser Treysi Edmonds 2008-yilning 1-yanvarida o`zaro nikohdan o`tishdi. Ularning fikricha yilni qanday boshlasang shunday davom etadi. Nikoh marosimi Bora-bora orolida nishonlangan bo`lib, nikoh Okean ortida qayd qilinishi lozim edi. Afsuski, juftlikning o`zaro munosabati bunga chiday olmadi. Ular ikki haftadayoq ajralishdi. 1998-yil 14-noyabrda Las-Vegasda qayd etilgan aktrisa Karmen Elektra va basketbol ustasi Dennis Rodmen o`rtasidagi nikoh ham juda qisqa davom etganligi bilan e`tiborga molik. Nikohdan 9 kun o`tib, kuyov marosim kuni mast ekanligi sababli nikohni bekor qilishni suddan so`ragan. Britni Spirs va Jeyson Aleksander orasida nikoh o`qilganida ularning ikkisi ham mast emas edi. Biroq Britnini onasi buni eshitib , Las-Vegasga tezlik bilan uchib bordi. Uning fikricha o`sha paytda qizi mustaqil qaror qabul qiladigan ahvolda emas edi. Shu sababli bu nikoh 55 soat davom etgan. Britni keyinchalik ham turmushga chiqqan va bu avvalgi nikohidan ko`ra uzoqroq davom etgan.
|
Категория: QIZIQARLI |
Просмотров: 1603 |
Добавил: shohruxxon
| Рейтинг: 4.7/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|