YAKSHANBA, 2024.12.29, 11:52
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 8
MEXMON 8
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2011 » Февраль » 21 » QAYERDASAN, MUXABBAT?! yoxud BUGUNNING "MUXABBATI" XUSUSIDA KICHIK MULOHAZALAR...
13:48
QAYERDASAN, MUXABBAT?! yoxud BUGUNNING "MUXABBATI" XUSUSIDA KICHIK MULOHAZALAR...

MUXABBAT... Nima o`zi U? 

"Muxabbat bu - Armon!" javob beradi ko`rimsizgina xotiniga ishora qilarkan, sevgisiga yetolmay majburan boshqasiga uylangan o`ttiz yasharlik omadsiz oshiq. 

Muxabbat? Bu PUL!" ko`kragiga mushtlaydi sevgan qizi uni tashlab boyrog`iga "qarab" ketgan baxtsiz yigit...

"Muxabbat? Bu koreyslarda bo`ladi..."  xonasiga kattakon qilib ilib qo`yilgan "Qish sonatasi" dagi Jun Sang ni rasmini siypalarkan, shivirlaydi o`n yetti yasharlik hayolparast qiz. 

" Muxabbat? A bizzi davrda..." kemtik tishlarini namoyish qilib, "chimildiqda uyg`onar muxabbat" dostonini boshlab qoladi sakson yashar momo. . . . 

Birov u deydi, birov bu... 

Muxabbat kim uchundir AYRILIQ, kim uchundir internetda uyg`ongan uyg`ongan "ishqiy kechinmalar", kim uchundir xiyobonni xilvatroq yerida qo`l ushlashib o`tirishu, kim uchundir soatlab telefonda valaqlashish... 

Aniq javob esa hamon mavhum. 
Muxabbat nima o`zi a??? 

 - Murodjon, sen kimni sevasan, aytib qo`y! - qo`shnimizning kelinini  etagiga boshini yashirgancha uyalib, onasining qo`lidan ushlab turgan to`rt yasharlik o`g`lini xiringlab so`roqqa tutadi. 
 - Yo`-o`!, - noz qiladi "oshiq". 
Bir qancha yalinib, yolvorishlar-u, shokolad olib berish sharti bilan "yigitcha" va nihoyat "ko`ngil" yoradilar: 
 - Kamolani!
 - Bog`chadagi Kamolami? 
 - Ximmm... 
 - Qanaqa qiz Kamola? 
 - Chiloyliii... 
 - Katta busang nima qilasan? 
 - Kamolani olaman...
 - Olib nima qilasan? 
 - Achom qilaman.! 

Ana sizga muxabbatu, ana sizga "oshiqlik"!
O`ylanib qolamiz.  Bolalarning bu qadar tez "ulg`ayib",  "bolalarni laylak olib, tashlab ketishi"ga safsatadek kulib qarashlariga nima sabab bo`lyapti? Uch - to`rt yasharlik  bolani "sevib qolishiga", Ikkinchi - uchinchi sinf o`quvchisini qo`shni partadagi qizga xat yozishiga, o`smir bolalarning qulog`idan telefon tushmay qolishiga, sotka jonivor  "sevsam seni, sevmasang meni" kabi SMS larga to`lib- toshib ketishiga nima undayapti???  

Aylanaverib - aylanaverib "xit" bo`lguncha "xit" qivoradigan qo`shiqlarmi?  

Muxabbatni "mohirona" ko`rsatib beradigan zamonaviy filmlarmi!? 

Yo qahramonlarning bir-birini sevib qolishiyu, oxirida "rasvo" kadrlari bo`lgan chet el multfilmlarimi!? 
Yana mavhumlik... 

Bugun "Men seni sevaman " so`zlarini aytish, "Men ishga ketyapman" degandek gap bo`lib qoldi, degandi bir tanishim kuyunib. Darhaqiqat. 
Bayramda sotuvchiga "Mening yagonamga" degan tabriknomadan yigirmata bervoring" deydigan latifadagi yigitning gapiga bugun hech kim  kulmaydi. 

Bir "tajribali muxabbatshunos" ikkinchisiga nasihat qilyapti: "Men seni sevaman" nimasi qiyin aytishning? Bir soat avval U qizga aytding nima, xozir bunisiga? Muhimi ikkoviyam xursand. Biri bilan "yursang", ikkinchisi "zapaska"! 

Muxabbat... Yigitning sevib qolishiga, yuragini "sayratvorishiga" undaydigan narsa nima? Birinchi navbatda albatta CHIROY. Qomatlari kelishgan, sochlari yoyilgan, kipriklari uzunligidan yuzlariga soya tashlagan go`zalni sevmay bo`ladimi!? 

Qiz uchun- chi? "Menga tashqi chiroy muhim emas, avvalo yuragi go`zal bo`lsin!" deganlari bekor gap. Xuddi shu gapni aytgan qizning oldiga bir ko`rimsiz yigitni olib kelib "Unign yuragi go`zal tegasanmi!?" deb ko`ring? 

Bugun qizlarga qanday yigitlar yoqadi? O`qimishli deysizmi? Yo`q. Mehnatkash? Topolmadingiz. 
Bugun qizlarga serial qahramonlariga o`xshagan (Jun Sangga, Mehmetbeyga, Po`lat Alamdarga, Seyman og`ayu Kenantoyga o`xshagan bo`lsa yana yaxshi) yigitlar yoqadi. 
Seriallar, seriallar...
Qaysi qiz serial ko`rishni yoqtirmaydi? Qaysi qiz muxabbat dardida ezilib ado bo`lgan koreys seriallari qahramonlariga qo`shilib  yig`lamaydi, "ana muxabbat!" deb? Xuddi o`shanaqa "romantik munosabatlar" ni orzu qilib yashamaydi? 
Ota - onasiga tap tortmay "Mana shu yigitni sevaman!" deb aytadigan, "Sevgisi uchun kurashadigan", bilagiga sevganining bosh harfini  o`yib yozvoladigan qizla paydo bo`la boshlaganiga aynan shu "g`amboda" seriallar sabab bo`lmayaptimikin? 

- Nega shumshayib o`tiribsan?- xol so`rayman aza tutgandek qovoq o`yib o`tirgan do`stimdan. 
- Eeeyy, bu sevgi degani azob ekan...- 
"Obbo, muxabbatni azoblamagan sen qoluvding o`zi" shunday deyman-u, baribir dardiga quloq tutaman. 
- Bir qizni sevib qolgandim, haligacha javobini  aytgani yo`q... 
- Nimaning javobini?- rosti birdaniga tushunmayman, biror savol berib javobini eshitmoqchimikin, qizdan yo? 
- Muxabbatimni-da... Men seni sevaman dedim u  bo`lsa, indamadi. 
Tavba! Indamaganmush... Nima deyish keregidi? "Men ham sizni sevaman, roziman, sovchilaringizni yuboring, indinga fotiha, bir xaftadan keyin TO`Y!" deyish kerakmi!? Sevishdan maqsad faqat sevilihs emas-ku, axir? 

Sevgan insoningdan men seni sevganim uchun sen ham meni sevishing kerak deb iddao qilish... Bu muxabbat emas! 
Muxabbat nima  o`zi? Bormi o`zi? Bo`lsa qayerda? 

- Muxabbat yo`q! - deydi bobo o`n besh yashar nabirasiga. - Bo`lmagan ham.
- "Bo`lmagan gap! Muxabbat bor..." shunday deydi-yu nabira qo`shni qizning jingalak sochlarini, oppoq yuzlarini o`ylab jilmayib qo`yadi. 

Oradan yillar o`tadi, qo`shni qiz ulg`ayib, qo`shni mahallaga erga tegib ketadi... Nabira ham ulg`ayib, peshanasiga yozilganiga uylanib, bola-chaqalik bo`ladi... Va bir kun kelib U ham hayolparast nabirasiga "Muxabbat yo`q!" deb nasihat o`qiydi... 

Muxabbat bo`lgan. Bugun ham bor. Ertaga ham bo`ladi. Faqat zamonlar osha U o`zining aslini, qiyofasini, tushunchasini o`zgartirib boradi, xolos... 

Bugun bizlarga  Majnun Laylining ishqida sahroga bosh olib ketganini aytib urib ham ishontira olmaydilar. Otabek Kumushga biror marta ham "Sevaman" demagan desala, biz ularning ustidan kulishga tushamiz. 

Biroq ming inkor qilinmasin, toptalmasin, har kim o`z aqliy darajasidan kelib chiqib uni ta`riflamasin, himoya qilinmasin,  MUXABBAT BOR!!!  U baribir yashaydi, zora uning borligi uchun ham hayot go`zaldir. 

Категория: FIKR-MULOHAZA | Просмотров: 2453 | Добавил: Nigi{JON} | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz