YAKSHANBA, 2024.12.29, 11:19
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Январь » 31 » Qanday qilib erta turish mumkin???
14:57
Qanday qilib erta turish mumkin???

Ertalab uyqudan barvaqt uyg‘onish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Ayniqsa, odam uyquga kech yotganda, buni uddalash mushkul. O‘zi nima uchun erta turish kerak? Bu shunchalik muhimmi? Odamlar o‘z ishlari, kun tartiblariga ko‘ra ertalab qachon uyqudan turishni o‘zlari hal qilsa bo‘lmaydimi? Bo‘ladi. Aslida ham ko‘pchilik shunday qiladi. Lekin erta turish zarur bo‘la turib, buni eplolmaydiganlar bor. Kech turishi oqibatida ishga, o‘qishga kech qolib, rahbariyatdan dakki eshitib yuradiganlar qancha oramizda?! Biz bu yerda ayni shu mavzu atrofida fikr yuritmoqchimiz. Erta turishning qanday hikmati va foydalari bor va bunga qanday erishish mumkin kabi savollarga ushbu maqolada javob topishga harakat qilamiz. 
 
Erta turishning foydalari


Erta turishning foydalari ko‘p. Masalan, siz har kuni ertalab soat 7:00 da uyqudan turasiz. Tasavvur qiling, siz shuni bir soat oldinga surdingiz. Endi yettida emas, oltida turyapsiz. Har kuni uyquda o‘tadigan umringizning bir soati real jonli hayotingizga qo‘shiladi. Bir soat ichida odam ko‘p ish bajara oladi. Masalan, 60 daqiqada 100 sahifagacha kitob o‘qish mumkin. Har kuni ertalab bir soatdan mutolaa qilinsa, uch kunda katta bir kitobni o‘qib bitirish mumkin. Barvaqt turish hisobiga qo‘lga kiritilgan vaqt hisob-kitob qilinganda esa, oyda o‘ttiz soat, bir yilda 360 soat foydali vaqtga ega bo‘lasiz. Bu degani, naqd 15 kunni tejab qolasiz. O‘hho‘, bu kunlardan samarali foydalansangiz bormi... 15 kunni xuddi ko‘z-yumib ochguncha muddatda o‘tib ketadigan uyqu bilan barbod qilgan yaxshimi yoki unumliroq biror mashg‘ulot bilan band bo‘lib, umringizni yana yarim oyga uzaytirganingiz ma'qulmi? Albatta, aqlli kishi ikkinchisini tanlaydi.

Ruhshunoslar insonlarni bioritmlariga ko‘ra "to‘rg‘ay" (ertalab bemalol vaqtli uyg‘onib, ishga kirishib keta oladigan, lekin faolligi tushgacha davom etib, keyin asta-sekin so‘nib boradigan odamlar toifasi) va "boyqush"larga (ertalab uyg‘ona olmaydigan, tushgacha ishga kirisha olmay, faqat tushdan so‘nggina ish boshlab, to keyingi kunning saharigacha faol harakatda bo‘ladigan insonlar) ajratsalar-da, bu aslida shartli tasniflashdir. Lekin, bu tasnifda ham jon bor. Har ikki toifaga mansub odamlar atrofimizda ko‘p.

 Xo‘sh, "boyqush"ni "to‘rg‘ay"ga aylantirsa bo‘ladimi? Yo‘g‘-e, ikkalasi ikki xil dunyo-ku, deyishingiz mumkin.

O‘z tajribamdan kelib chiqqan holda ashaddiy "boyqush" ham azonlab uyg‘onishga moslasha olar ekan, degan xulosaga keldim. Tajribam quydagicha edi:

Har kuni ertalab soat 9-10da uyg‘onib, yarim kechasi 1-2ga qadar, ba'zan sahar 3-4gacha o‘tirar edim. Eng mahsuldor vaqtlarim ham tushlikdan keyingi paytga to‘g‘ri kelardi. Bunday odat ishi ko‘p bo‘lmagan kishilar uchun yaxshidir, lekin vaqt tazyiqi ostida turganlar uchun juda unumsiz va yomon odat ekanligini va azonlab turish bilan shaxsiy muvaffaqiyat orasida kuchli bog‘liqlik borligini anglab yetganimdan so‘ng, barvaqt turishga ahd qildim. Uyqudan oldin qo‘ng‘iroqni soat tonggi 5.00ga qo‘ydim. Va ertasi kuni tushlikdan sal oldin uyg‘ondim...

Va bu hol ancha vaqt davom etdi. Ertalablari qo‘ng‘iroq chalinishi bilan kallamga kelgan birinchi fikr, shu qo‘ng‘iroqning bongi o‘chsa-yu, yana ozgina uxlab olsam, degan o‘y bo‘lardi. Va yarim-avtomatik ravishda qo‘ng‘iroqni o‘chirib, yana shirin uyquga ketardim. «Taqdir emas ekan» deb, eski odatimni davom ettirib yurgan paytimda bir kuni Stiv Pavlinaning "Qanday erta turish mumkin?" degan maqolasiga duch kelib qoldim. Va shundan so‘ng men uchun yangi hayot boshlandi...

Maqolaning qisqacha mazmuni quyidagicha: 

Uyqu bo‘yicha ikkita yondashuv bor. Ko‘p insonlar vaqtli turmoqchi bo‘lsa, vaqtli uxlashga harakat qiladi. Uyqusi kelmasa ham shuning harakatida bo‘ladi. Ikkinchi nuqtai nazar shuki, insonning organizmi qachon va qancha uxlash kerakligini o‘zi biladi. Ushbu yondashuvga ko‘ra, uyqu kelgandagina uxlash kerak va bunda uyquga to‘yganingizdan so‘ng qo‘ng‘iroqsiz ham o‘zingiz uyg‘ona olasiz.

Stiv Pavlina bu ikki yondashuvni birlashtirgan holda shunday deydi: uyqingiz kelsa, darhol uxlang, lekin har kuni ertalab aniq bir vaqtda turing. Kechasi kech uyquga yotgan bo‘lishingizga qaramay, ertalab belgilagan vaqtingizda turishga harakat qiling. Aytaylik, tungi o‘n ikki-birlargacha uxlay olmadingiz. Qo‘ng‘iroqni esa tonggi soat beshga qo‘ygansiz. Nima qilib bo‘lsa-da, o‘sha belgilangan vaqtda turishga harakat qiling. Ertasiga kunduzi charchasangiz ham sabr qilib kuningizni o‘tkazing. Bir-ikki kun shunday davom etsa, qarabsizki, bundan buyon kechqurun soat 21-22larda avtomatik 
tarzda "nokaut" bo‘lasiz - o‘chasiz. Chunki vujudingizning o‘zi unga qancha uyqu kerakligini biladi va sizni vaqti bo‘lganda "o‘chirib qo‘yadi". Agar har kuni soat ertalab 5da turaman deb o‘zingizga va'da bersangiz va shunga hech qanday murosasiz amal qilib kelsangiz, tanangiz yarim kechgacha o‘tira olmay, sizni barvaqt uyqu eltadi. Chunki u ertalab soat beshda turish kerakligini biladi va uxlab dam olmasa, ertasi o‘ziga qiyin bo‘lishini yaxshi fahmlaydi. Shunday davom etsangiz, 3-4 kundan keyin kech yotish odatingiz o‘rniga erta yotib, erta turish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. 30 kun davomida shu odatga adashmay rioya qiling. So‘ng u siz bilan butun umrga qoladi, qon-qoningizga singib ketadi.

Barvaqt turishda bir nechta muhim nuqtaga e'tibor berish kerak. Agar uyqudoriga o‘rganib qolgan bo‘lsangiz, avvalo, undan voz kechish lozim. Chunki u insonning tabiiy va me'yoriy uyqusiga salbiy ta'sir qiladi. Kech-
qurun qahva ichishga o‘rgangan bo‘lsangiz, belgilangan vaqtda uyqungiz kelmasa ham, o‘z o‘rningizga yotishga odatlaning.

Iloji boricha soat kechki olti-ettidan so‘ng to‘yib ovqatlanmang. Yeganingiz baribir hazm bo‘lmaydi, oshqo-
zoningizda parchalanmaydi. Ovqatingiz ozuqadan ko‘ra zaharga aylanadi. Yaxshi uxlay olmaysiz, toksikoz natijasida esa ertalab noxush tuyg‘ular bilan uyg‘onasiz va bu holat kunlik kayfiyatingizga salbiy ta'sir qiladi.

Agar qo‘ng‘iroq bong urishi bilan o‘rningizdan tura olmasangiz, bu shaxsiy intizomingiz sustligidan dalolat beradi. Intizom muskulga o‘xshaydi. Muskulni qanchalik ko‘p ishlatsangiz, u shunchalik kuchli bo‘ladi. Kuchli intizom va iroda esa vaqt talab etadi. Birinchi marta qiyin bo‘ladi, ikkinchisi ham. Lekin muntazam davom etsangiz, borgan sari yengillashaveradi.

Agar qo‘ng‘iroq ovozini eshitib ham o‘rningizdan turishga irodangiz yetmasa, telefoningizni yoqimsiz va baland tovushli qo‘ng‘iroqqa moslab, uni qo‘lingiz yetmaydigan olis yoki baland joyga qo‘ying. Ertalab uning ovozidan qutilish uchun o‘rningizdan turishga va yurib borib qo‘ng‘iroqni o‘chirishga majbur bo‘lasiz. Natijada miya mushaklari faollashib, o‘zingizga kelasiz va barvaqt turishingiz lozimligi haqidagi zarurat yodingizga tushadi.
Nega erta turish kerak?


Sahar turishni niyat qilishdan oldin yuqoridagi savolga javob topishingiz kerak. Siz nima uchun erta turmoqchisiz? Kimdir ibodat qilish uchun, kimdir ishga kech qolmaslik uchun, yana kimdir ertalab dars tayyorlash yoki badantarbiya bilan shug‘ullanish uchun barvaqt turishga intiladi. Ayniqsa, oliy o‘quv yurtiga kirishga tayyorlanayotgan abiturientlar uchun erta turish juda muhimdir. Hech qanday ishi bo‘lmagan odam uchun ham erta turish zarar qilmaydi. Hakim zotlar, erta turish insonning rizqini ko‘paytiradi, deganlar. Darhaqiqat, erta turgan odamning vaqtida baraka bo‘ladi. Kayfiyatning ko‘tarinki, ruhan tetik bo‘lishning siri ham uyqudan erta uyg‘onishda. 

Shuning uchun erta turishning zarurati va foydalari haqida oldindan aniq to‘xtamga ega bo‘lish kerak. Chunki ertalab turib, nima bilan shug‘ullanishni bilmaydigan, aniq rejasi yo‘q insonda yana uyquga ketib qolish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, odatdagi kuningizdan hatto 30 daqiqa vaqtli tursangiz ham bu har kuni badantarbiya bilan shug‘ullanishingiz yoki bir oyda 3-4ta kitob o‘qishingiz uchun kifoya qiladigan qo‘shimcha va qimmatli vaqt bo‘ladi. Odamlar vaqt yetishmasligidan noliydigan bugungi tig‘iz dunyoda ham rejadagi ishlarga ulgurishning eng samarali yo‘li bu erta turishdir.

Endi tasavvur qiling, 30 daqiqa emas, 2-3 soat vaqtliroq turishga odatlandingiz. Masalan, uyqudan 7:00da emas, 04:00 da turasiz. Bu bir yilda 1116 soat bo‘lib, 10 yilda deyarli butun bir yillik umr sizning ixtiyoringizga beriladi. Ertalab turishda nafaqat jismoniy, balki ruhiy foydalar ham juda ko‘p. Erta turgan odamda hayotga muhabbat, o‘ziga ishonish kabi muhim tuyg‘ular kuchli bo‘ladi. Qolaversa, uzoq umr ko‘ruvchilarning aksariyati erta turishga odatlangan odamlar bo‘lgani ham ilmiy haqiqatdir.

Erta turish oqibatida uyquning kamayishidan xavotir olmasa ham bo‘ladi. Mutaxassislar katta odamlar uchun bir kunda 5-6 soat uxlash kifoya qilishini ta'kidlashadi. Demak, kech soat 24:00da uxlagan odam ertalab 5:00da uyg‘onsa, kam uxlaganidan nolimasa ham bo‘ladi. Albatta, uyquni 6-7 soatga uzaytirgan afzal. Bu miqdorda uxlash, ayrim mutaxassislar vahima qilganidek, organizm uchun zararli darajadagi kam uyqu emas, balki me'yor ekanligi ishonchli ilmiy tajribalar orqali isbotlangan. Aksincha, ko‘p xastaliklarning me'yordan ortiq uxlash va kun chiqquncha yotoqda yotishdan kelib chiqishi ham fanda bor gap.

Shunday ekan, siz ham barvaqt turishga odatlaning. Agar buni eplolmayotgan bo‘lsangiz, biz yuqorida tilga olgan usullarni qo‘llab ko‘ring. Barvaqt turishning foydalarini ko‘rgach, qilgan ishingizga achinmaysiz.


Категория: FOYDALI MASLAHATLAR | Просмотров: 1824 | Добавил: Gangster | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz