Статистика |
XOZIR SAYTDA 5 MEXMON 5 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Январь » 6 » QALTIS SAVOLLARGA BUYUK JAVOBLAR
16:52 QALTIS SAVOLLARGA BUYUK JAVOBLAR |
Imomi A’zamni uch dahriy savolga tutdi: -Alloh qachon tug’ilgan? -Qur’onda "U tug’magan va tug’ilmagan” deyiladi. - Xo’p, qachondan bor? - U zamondan oldin ham bor edi, hech bir narsa uning borligiga sabab bo ’lmagan. - Misol bilan tushuntir? - Uchdan oldin ikki bor. Ikkidan oldin bir. Birdan oldin esa, hech narsa yoq. Birdan oldin hech qanqa son bo ’lmaganidek, haqiqiy ma’noda BI bo’lgan Allohdan oldin hech narsa yo’qdir. - Alloh qayoqqa qarab turadi? - Qorong ’u bir honada chiroq qayoqqa qaraydi? Hamma yoqqa. Xuddi shuningdek, yer va osmonlarning nuri bo ’lmish Alloh ham hamma yoqqa qaraydi … Imomi A’zamning javoblaridan so’ng ular yana bittadan savol berishdi. Birinchisi: "Bizga Allohni ko’rsat”, dedi. Ikkinchisi: "Jahannamda olov bilan azob beriladi. Holbuki, jinlar olovdan yaratilgan. Olov olovdan ta ’sirlanadimi?” deb so’radi. Uchinchisi: "Hamma narsa qazo va qadar bilan bo ’ladi, deysan. Demak, har bir odam qiladigan ishlarini majburan qiladi. Shundaymi ?” dedi. Shunda Imomi A’zam yerdan bir siqim tuproq olib ularning yuzlariga sochdilar. Ular qoziga shikoyat qilishdi. Qozining so ’roviga Imomi A’zam: - Men uchta savolga bitta tuproq sochishim bilan bitta javob berdim. Bitinchi javob: tuproqdan uning ko ’zi og’ridi. Ammo og’riqni ko’rolmadi. Bu bilan oddiygina ko’z og’rig’ini ko’rolmas ekan, Allohni ko’rishni da’vo qilmasa ham bo’lishini tushuntirdim. Ikkinchi javob: o ’zi tuproqdan yaratilishiga qaramay, tuproqdan ozor ko ’rdi. Olovning olovdan ta’sirlanishini angladi. Uchinchisi esa, jabriya farqasidan edi. "Odamlar ishlarini majburan qiladi”, derdi. Insondagi juz’iy irodani unitardi. Ammo mening juz ’iy irodamni unutmadi, "tuproqni majburan otdi”, demadi. Mendan shikoyat qilib o’zini yolg’onchiga chiqardi, - dedilar
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 2545 |
Добавил: R-MADRID
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|