Buni yozish men uchun oson Bo’layotgani yo’q. Chunki ko’nglim notinch. Negadir darlarimni oq qog’ozga yozsam ancha yengil bo’ladigandek. Mening xayyotimda katta yo’qotish bo’ldi. Shuni sizlarga xam aytish niyatidaman. Yoshligimda uydagilarga kinodagi rollarni ko’rsatib berardim. O’zimcha kliplar qo’yardim. Qo’shiq kuylardim, raqsga tushardim. Oyimni kiyimlarini kiyib, baland poshmali tuflilarini kiyib, pardoz andozlaridan bo’yanib model’lardek podyumda yurgandek moda ko’rsatib berardim. Teleboshlovchilarni parodiya qilib berardim. Yon atrofdigilarim meni ko’rib sen albatta aktrisa bo’lasan deyishardi. To’g’rida aktirasalikni qoyilatardimda. Biron bir narsani rolga kirib gapirsam yolg’onimga barcha ishonardi. Yoshligimda kim bilan suxbatlashsam juda ko’p savollar berasan tergovchimisan deyishardi. Lekin tergovchi bo’lganim yo’q. Xozirda jurnalistman. Bu soxaga juda qiziqaman. Xayyotda yangilik yaratishga xarakat qilaman. Balki qonimda san’atkorlarni qoni bo’lgani uchundur. Xolam oldin raqqosa bo’lganlar keyinchalik qo’shiq kuylaganlar xomiy topilmagani uchun bu ishni tashladilar. Baribir juda iste’dodli san’atkor bo’lganlar. Xozirda bir jiyanim qo’shiq kuylashga qizikadi. Bir ikkita qo’shik kuylab televizorlarga chiqdi. Lekin tanilish uchun mablag’ unda xam topilmadi. Bir kuni televizor ko’rib utirganimizda Uzbekfil’m direktor urinborasi rejisser Jaxongir Qosimovni(Suv yoqalab fil’m rejisseri) korsatib qolishdi. O’shanda onam shu kishi bizning uqok qarindoshimiz bo’ladi dedilar. Men xursand bo’lib voy uzimizda xam rejisserlar xam bor ekanku endi aktrisa bo’larkanmande deganman. Bilsam ularni akalari xam bor ekan ismlari Nuriddin Qosimov ular xam rejisser ekanlar. Televizorda «Serjantlar» kinolarini montaj jarayonlari bo’layotganini ko’rsatishdi. Keyin uydigilarga men xam borsamikan uzimni tanishtirsamikan deb o’tirdim. Ammo to’g’risi unday qilishga ancha uyaldim. Oxiri qo’ng’iroq qilib Nuriddin tog’amni yonlariga ishxonalariga bordim. Meni juda yaxshi kutib olgandilar. Birinchi marta ko’rib turgan bo’lsalarda juda illiq munosabatda bo’ldilar. Xammaga bu mani jiyanim bo’ladi deb maqtagan edilar. U yerda bir ayyol serial olishni boshlamoqchi ekan. U ayyolga bu meni jiyanim albbata ozingnii kinoinga olgin deb bir necha bora aytgan edilar. Keyin vaqtlirok kelganingda «Serjantlar» kinosini yaqinda olgan edim shu kinoga seni olar edim dedilar. Lekin bilib qo’y aktrisallik bu ish emas. Bu latoreyadek gap omading kelib qolsa kinoda chiqasan dedilar. Oradan ancha vaqt o’tib 2010 yil 14 iyunda bir yaqin dugonamni to’g’ilgan kuniga bordim. Uyga qaytayotganimda negadir ko’nglim g’alati bo’lib o’zimni yomon xis qildim. Uyga kirsam onam qizim tog’ang Nuriddin olamdan o’tdi deganlarini bilaman negadir yuragim tez yurib birdan ko’zim yoshga to’lib usha kecha uxlay olmay faqat tog’amni o’yladim. Negadir xali xamon ko’z o’ngimdan ularni mexrli ko’zlari muloyim suxbatlari gavdalanaveradi. Olamdan o’tganlariga xaligacha ishongim kelmaydi. Xorazmga kino olishga ketgan ekanlar yuraklari og’rib bu olamdan ko’z yumdilar. Ular bilan yana ko’rishib suxbatlashgim kelyaptiki asti qo’yaverasiz. Ming afsus endi ular yo’qlar. Olloxim Nuriddin tog’amni joylarini jannatdan qilgin.. Xamisha ruxlari shodu-xursandchillikga to’lsin. Nurdek tog’amni yotgan joydali nurga tulsin.