Qalbimda muhabbat tug'ildi o'ldi, Nachora, ne qilay, bu taqdir ekan. Sevgi degan gulimning G'unchasi so'ldi, Faqat qoldi yurakda sanchilgan tikan.
Qalbimda muhabbat tug'ildi o'ldi, Ketdi bir umir hiyonat qurboni bo'lib G'animlar yuragi quvonchga to'ldi, Chetdan boqib durdilar ustimdan kulib.
Qalbimda muhabbat tug'ildi o'ldi, To'kildi sarg'aygan yaproqlar kabi. Bu ayriliq men uchun bir saboq bo'ldi, Juda og'ir dars berdi hayot maktabi.
Qalbimda muhabbat tug'ildi o'ldi, Tark etdi bag'rimni titratib zir zir. Yana oshiq yuragim zor qahshab qoldi, Armon degan ko'chada misoli sag'ir.
Qalbimda muhabbat tug'ildi o'ldi, Cho'kib ketdi go'yo tubsiz ummonga. Endi qaytmas qalbimga aslo muhabbat, Sevgisin asrolmagan mendek nodonga.
|