Bugun yana nimadir yozmoqchi buldim. Qo'limga qalam oldimu.... Ko'z oldimga yana sen kelding. Ilk bor uchrashgan kunimiz esingdami? O'sha kuni bir qarindoshingni to'yi edi. Men seni to'ydan to uyinggacha kuzatib qo'ydim. Men noshud o'shanda tuyg'ularim xaqida xech bir so'z demadim. To'g'rirog'i deya olmadim. Sen xatto ostonaga yetganingda o'sha meni maftun aylagan marjondek ko'zlaringni tikib ''Boshqa gapiz yo'qmi?'' deding. Afsuski qalbimda to'fon urayotgan so'zlarimni bayon etmoqlikka, betakror jamoling qarshisida kotgan tilim ojizlik qildi. O'shanda senga ko'nglimni ochmaganim uchun xalixam o'zimni kechira olmayapman. Man o'sha kundan so'ng xizmat safari bilan uzoq joyga ketdim. Safardan qaytgach yana seni oldinga bordim. Sen oldingidan xam yuz chandon guzal va o'sha o'sha betakror eding. Seni ko'rganim zamon yuragim qafasidan chiqib ketmoqlikni istab o'zini qafasni xar tarafiga urayotgan qush kabi guppillab urar va vujudimni allaqanday yengib bulmas xayajon bosgandi Mandagi bu xolat dilimdagi so'zlarimni bayon etmoqlikka izn bermadi Men endi senga yuz kelib bu xaqda xech qachon so'zlay olmasligimni tushundim shu sabab qalbim dardlarimni ushbu maktub orqali oshkor etmoqchiman... DEVONA OSHIG'ING.......