Статистика |
XOZIR SAYTDA 3 MEXMON 3 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Октябрь » 19 » Qalb isyoni ....yoxud ko`ngil bilan suhbat ...
15:07 Qalb isyoni ....yoxud ko`ngil bilan suhbat ... |
Tun… Mening motamsaro qalbim yanglig` qop-qora, zulmat libosini kiygan va lek tinch, osuda oqshom. Tun… Bu kecha ham ko`zlarda uyqu yo`q. Kipriklar bir-birini sog`inch bilan eslaydi, bir-birlarini shirin quchmoqlikni intiq bo`lib kutadi… biroq uyqu shahzodasi bu oqshom yana qorachiq va mujgonlar huzuriga kelishidan bosh tortadi. Yurak bezovta, dil xavotirda. Ko`ngil…yana notinchsan. Sen-da bedor, menga-da orom yo`q. Ko`ngil… nega buncha noziksan, erkam? Nechun? Nega o`zga qalblar kabi diydang tosh emas. Agar shunday bo`lganingda senga ham, menga ham bunchalik qiyin bo`lmasmidi? Atirgulni gullar malikasi, deyishadi. Sen o`sha malakning harir va nafis libosidan ham nozikmisan, ey DIL?! Men- KO`NGILman. Hamisha notinch qalbman. Men pokiza tuyg`ular maskani, sevinchning qotib qolfan sho`lasiman. Jamiki mavjudotlar ichra eng aqlli, shuning bilan birga eng yovuz INSON deb atalmish zoti oliylaridan cheksiz nafratdaman. Ular meni qiynaydilar. Tuyg`ularimga o`t qo`yadilar. Meni o`z sochimga osmoqchi bo`ladilar. Yanglishadilar. Meni o`z qo`llarim bilan bo`g`ib o`ldirmoqchi bo`ladilar. Xato qiladilar. Mening sohibam! Sendan uyalaman, o`zga ko`ngillardan nozikroq bo`lganligim uchun. Meni avf et, azizam! Sen esa yonib yasha. Munavvar kunlar kelishiga ishon. Hayotda umid o`yini tikla. Poydevori mustahkam qal`a har qanday bo`ron va toshqinlarga bardosh bergusi. Azob farishtasining sochlarini yul: toki seni ortiq qiynamasin. Ruhiy iztiroblar qasrini qulat va bu maskanni tark et! Olam…yop-yorug`…Qara…Tong otmoqda. Sutday oq tongni ikkimiz bedor qarshiladik. …Men…Ko`ngilman. Billurday tiniq, tonggi shabnamman. Aziz sohibam! Sen quyosh bo`l! Sabot va bardoshing bilan turmushning chigal kishanlarini uz, ulardan xolos bo`l! Nurli toqating bilan meni o`zingga band et! Men KO`NGILman. Sen esa mening pandlarimga KO`NGIL va o`zingni niyating oppoq gullariga, murodbaxsh tuyg`ulariga ko`mgil. -KO`NGIL! Taskin top, tinchlan. Nasihatlaringga amal qilishga intilaman. Ko`ksimda sen hokim ekansan, boshqacha bo`lishi mumkin ham emas. Meni to`g`ri yo`lga boshla, meni tushun, menga ishon. -KO`NGLIM!!! Musaffo tongni qarshi ol! Pokligi uchun unga sajda qil! Yangi tong muborak, ey, bedor DIL!!! Yangi kun muborak, ey, qutlug` INSON!!!
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 1140 |
Добавил: MaVeRicK
| Рейтинг: 3.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|