Qahva eramizdan 700 yillarda Efiopiya qabilasi namoyondalari qahva donini chaynagach, kuchlariga kuch qo`shilishini aniqlashgan. Keyinchalik Arab savdogorlari qahva donlarini qaynoq suvga damlab ichishni eramizning 1000-yillarida kashf etishgan. 1475 yilda Turkiyada oilasini qahva bilan ta’minlashga qurbi etmagan erini ajrim uchun xotini sudga ariza berishga haqqi bor, degan qonun kuchga kirdi. 1600 yilga kelib Kliment VII qahvani xristianlar ichimligi deb e’lon qildi. 1732 yilda I.S.Bax o`zining "Qahva qasidasi”ni yozdi. Maqsad-ayollarni qahva ichmaslikka chaqirish. Chunki qahva ayollarda bepushtlikni keltirib chiqaradi. 1860 yilda Italiyalik olimlar qahva ovqat hazm qilish jarayonini osonlashtirishini isbotlashdi. 1885 yilga kelib daniyalik olimlar qahva asabni tinchlantiruvchi vosita sifatida tavsiya etishdi. 1999 yilda AQSHning Dyuka universiteti xodimlari bir kunda 4-5 chashka qahva ichish surunkali yurak qon-tomir kasaliklarini keltirib chiqarishini aniqlashdi. Qahva ko`rinib turibdiki foydasidan ko`ra zarari ko`proqdir. Buni yoddan chiqarmaylik!