Assalomu alaykum, yaxshimisiz? man _Parizod_ sizdan bir iltimosim bor
edi malol kelmasa, bir narsa yozgandim shuni saytga qo'yib qo'yasizmi? To`g`risi uyga 1 haftacha bo'lgandi kelganimga lekin 2 kundan keyin yana
davolangani qaytib ketmoqdaman, biroq ketish oldidan ohirgi yozgan
narsamni sherlar.uzda o'qib ketgim kelgandi. Agar hohlasez o'ziz bunga
mos rasm qo'yib qo'yasiz degan umiddaman.
Men hali-hanuz sizning jajji qizingizman dadajon…
Men
bilardim boshqa qaytmasligimni. Birdan dadam oyoqlariga osila yig’lay
ketdim. O’tgan shirin xotira damlarni ushlab qolishga harakat
qilardim.... Sekingiga quloqlariga pichirladim "Dada, dadajon meni
ketkizmang, Har narsa qilsayiz qilingki faqat iltimos meni ushlab
qoling, Men bilan birga qoling, Nahotki sezmayapsiz menga qanchalik
kerak ekanligiz…. Dada, dadajon ketishni hohlamayman, Doktirlar o’zi
bilmagan holda gapirdi, Ular bilmagandi nima haqida gapirayotganin.”
Nega hech kim tushunmaydi… "Dadajon birozgina tinglang, nega ko’zizdagi
yoshni yashirayapsiz, ketishim shart emasku. Dadajon, meni saqlab
qoling, kelajakda barcha qilgan yaxshiliklaringizni qaytaraman, Siz
bilgan jajji qizingiz bo’laman, vada beraman. O’z honamni tozalayman,
o’qishlarimni alo qilaman, Sizga so’z beraman, Men yaxshi qiz bo’laman.
Dadajon men uchun duo qiling.” Mana oradan bir hafta o’tdiki hali hanuz
uyqi yo’q. Ko’zlarimni yumishni hohlamayman. Chunki qo’rqaman sizni
tashlab ketishdan. Doktirlar jonimni saqlab qolish uchun qo’lidan
kelgan har ishni qildi biroq endi borgan sari nafas olish ham
qiyinlashib bormoqda. Nima qilay charchadim, nega bular o’z holimga
qo’yishmaydi, nima uchun yarador yuragimni bettar yaralaydi. Yana asta
quloqlariga pichirladim "Dada… dadajon iltimos yoningizdan haydamang
meni, Yolvoraman, Ko’zlarimni bir soniya ham yumgizmang. Faqat
birozgina sabr qiling, sizni bu dunyodagi har narsadanda ko’proq yaxshi
ko’raman. Men haliyam sizni jajji qizingizman….”