Bugungi kunda xonandalar shiddat bilan yangidan-yangi ijod namunalarini
siz aziz muxlislar uchun taqdim etib kelishmoqda. Taqdim etib
kelinayotgan yuzta qo’shiqdan nari borsa bitta tarona, ana
boring-keling ikkita tarona xit darajasiga ko’tarilmoqda! Aynan o’sha
siz va biz "xit” deb ataydigan qo’shiqni haqqoniy mehnat bilan
yo’g’rilgan ijod mahsulimi yoki oddiygina "ko’chirmakash”likmi?
Yaqindagina
Alisher Fayz tomonidan ijro etlgan yangi "Alvido” qo’shig’i muxlislar
tomonidan yaxshi kutib olindi. Biroq… Aynan shu qo’shiq Yura Shatunovni
"A pomnish” qo’shig’ini so’zlarini olib tashlab, o’rniga o’zbekcha
so’zlar bilan kuylangan! Agar bu qo’shiqni Yura Shatunovni o’zi
eshitib qolsa, rosmanasiga yig’lab yuborsa kerak…))) O’zi shundoq ham
ijod qilmayotgan Yura Shatunov bira to’la qo’shiq kuylamaslikka qasam
ichib yuboradi. Nahot, o’zimiz ijod qila olmaymiz? Bugungi kunda xit
bo’lgan qo’shiqlarni aksariyati xorij qo’shiqchilar ijodidan qanday
bo’lsa shundayligicha o’g’irlab olingan. Siyqasi chiqqan mavzu! Mendan
oldin ham necha marotaba bu haqida yozishgan, lekin natija hamon o’sha
osha… Yana bir misol: Rayhon "Voy-dod yangi xit” deb jar solgan
"Sevaveraman” qo’shigi ham Rihannaning "Umberella” qo’shig’ini
"kseronusxa”si! Faqat xonandaning ijodiy "kseronusxa” apparati sal
yomonroq ishlaydi shekilli…))) Bu ro’yxatni davom ettiramiz desak
"ko’chirmakash”likka da’vogar xonandalar juda ham serob! Albatta, bu
shaxsiy fikr! Faqat, qachon o’zingiz haqqoniy ijod qilasiz o’zbek
estradasining "yulduz”lari? Vaqt allaqachon kelgan biroq, biz hali
hanuz "o’g’irlash”da davom etmoqdamiz!