PULLARNI BOSHQARISH. Maoshdan maoshgacha yashashni bas qilish yo’li. Biz shaxsiy moliyangizdagi "teshik"larni yopish masalasini muhokama qilgandik. Bugun esa, shu maslahatlarni maoshdan maoshgacha kun ko’rishni bas qilishga yordam beruvchi umumiy uslubiyatga birlashtirishga harakat qilib ko’ramiz. Ishni xarajatlaringizni qayd qilishdan boshlang. Bu oson ishmas, agar kundalik xarajatlaringizni qayd qilib bora olmasangiz, to’xtab qolmang. Hech bo’lmasa, quyidagi ishni qiling: Mablag’lar ketib qolishini to’xtating. Darhol kredit va debet kartalaridan foydalanishni to’xtating. Banklar, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlaridan hamda do’stlaringiz va qarindoshlaringizdan qarz, ssuda olishni bas qiling. Hozirning o’zidayoq pullaringizni asrab qo’yishni boshlang! Omonat hisobini oching. Muntazam ravishda unga har maoshingizdan hyech bo’lmasa ozgina, yoki iloji bo’lsa ko’proq mablag’ o’tkazib boring. Shunda sizda kutilmagan xarajatlar uchun naqd pul zahirasi bo’lib turadi, maoshingizni esa odatdagiday ishlatishingiz mumkin. Vaqt o’tishi bilan tejash miqdorini oshiring. "Yumaloqlangan qor" uslubi yordamida qarzlardan qutilishni boshlang: qarzlaringizni qarz miqdori oshishi tartibida joylashtiring. Eng kichik qarzdan boshlang va har oyda to’lab boring. Bu qarzdan qutilganingizdan keyin, shu qarzni yopishga to’lab borgan barcha mablag’laringizni keyingi kattalikdagi qarzni to’lashga yo’naltiring. Bu jarayon juda foydali va juda zarur. Biz faqat ko’rilishi lozim bo’lgan favqulodda choralarni sanab o’tdik. Ushbu choralarni bajara turib, keyingisi ustida ishlashni boshlang: Byudjetni tuzing. Ko’pchiligimiz uchun bu juda vahimali so’z. Ammo aslida bu unchalik murakkab emas. Barcha doimiy xarajatlar (kommunal to’lovlar, internet to’lovi, transport xarajatlari va hokazo) va ularning miqdorini, o’zgaruvchan xarajatlar (oziq-ovqatlar, benzin, uydan tashqarida ovqatlanish va hokazo) hamda kutilmagan xarajatlarni (har oyda uchramaydigan xarajatlar, masalan, avtomobil ta’miri yoki tibbiy xizmatlar) sanab chiqing. Keyin ularni oylarga bo’lib chiqing. Endi ularni daromadingiz bilan taqqoslang. Xarajatlaringiz ancha kam bo’lishi tabiiy. Hisoblaringiz ish haqingizdan avtomat tarzdan ko’chirilishi yo’li bilan to’lanishiga erishing. Kutilmagan xarajatlar uchun pul asrab qo’ying. Bu moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi, agar byudjetingiz kichik bo’lsa, ushbu hisobingizga barcha muntazam bo’lmagan xarajatlaringizni kiriting, masalan, sug’urta, avtomobilga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash, sovg’alar (tez orada Yangi yil!), shifokor qabuliga borish va hokazo. Ularning ro’yxatini tuzing, yillik xarajatlaringizga baho bering va har oyda shunga mos miqdorda pul yig’ib boring. O’zgaruvchan xarajatlar uchun konvertlar tizimini qo’llang. Pullarni uchta turli konvertga solib qo’ygan holda siz xarajatlarning har bir bandini oson kuzatib borishingiz mumkin. Agar pullar tugay boshlasa, siz darhol bundan xabardor bo’lasiz. Ushbu toifalarda ko’proq sarf-xarajat qila olmaysiz. Agar konvertlar muntazam ravishda tez bo’shab qolsa, byudjetingizni qayta ko’rib chiqishingiz kerak. Maqsadlaringiz haqida o’ylashni boshlang va ularni rejalashtiring. Nafaqaga qachon ketishni rejalashtiryapsiz? Orzuingizdagi uyni qachon sotib olmoqchisiz? Hayotda erishmoqchi bo’lgan narsalaringiz haqida o’ylang va, ayniqsa, yuqorida keltirilganlarni bajarib bo’lgan bo’lsangiz, qancha pul yig’ishni rejalashtiring. Ushbu harakatlarni bajargan holda, siz "maoshdan maoshgacha" degan hayot sindromidan qutilasiz. Endi sizda shaxsiy moliyangizni boshqarish imkoniyati mavjud. Asosiysi - dastlabki bosqichlarni muvaffaqiyat bilan bosib o’tish.
|