PUL PULNI CHAQIRADI !
Hozirgi moliyaviy qiyinchilik davrida har bir burj vakili moddiy jihatdan turli to‘siqlarga duch kelayotganini barcha biladi. Xo‘sh, bu vaziyatdan qanday chiqib ketsa bo‘ladi? Nima qilish kerag-u, nimalardan o‘zni tiyish lozim? Bunda sizga so‘nggi olti oy uchun mo‘ljallangan astrolog maslahati ko‘mak bersa ajabmas.
QO‘Y
Qo‘y burji vakili faqat o‘zini o‘zi nazorat qila olsagina, boylikka ega bo‘ladi. Turli tashkilotlardan sizga yangi ish taklif qilishadi. Biroq bularning barchasini rad eting. Aks holda, hozirgisidan ham ajralib qolishingiz hech gap emas. Yana bir maslahat: tinimsiz mehnat qiling va dam olishni-da unutib qo‘y-mang.
Aytgancha, qaerdadir dam olsangiz, o‘zingiz uchun juda as-qotadigan yangi tanishlar orttirasiz.
BUZOQ
Tashqi ko‘rinishingiz va bilim olish masalasiga alohida e’tibor bering. Pulni iloji boricha iqtisod qilib sarflang. Tijorat hamda ishda odatiy yo‘ldan bormang. Tavakkalchilikka ham yo‘l bering.
EGIZAKLAR
So‘nggi olti oy ichida o‘zingizni u yoqdan-bu yoqqa uravermasangiz, sevimli ishingiz bilan shug‘ullansangiz, albatta, omadga erishasiz. Bilim olish, kitob varaqlash ham xalal bermaydi. Chunki bilim hech qachon ortiqchalik qilmasligini o‘zingiz yaxshi tushunasiz. Xavfsizligingizga alohida e’tibor qarating.
QISQIChBAQA
Hech narsani unutib qo‘ymang. Yaxshisi, kundalik tuting. Bu sizga kelgusidagi qilinajak ishlaringizni eslatib turadi. Sizga yashash joyingizni tez-tez o‘zgartirish katta yordam berishi mumkin. Negaki, qisqichbaqa burji vakillariga sayohat, joydan-joyga ko‘chish ko‘p hollarda omad keltiradi.
ARSLON
Pulingiz yetarli ekanidan ko‘nglingiz to‘q. Faqat biling, peshona ter evaziga ishlab topilgan pullargina ro‘zg‘orga baraka keltiradi. Basharti boshqacha yo‘llar bilan topilgan pullaringiz bo‘lsa, tez sarflang yo kimgadir qarz bering. Tijoratchi yoki rahbar lavozimida bo‘lsangiz, so‘nggi olti oy ichida boshqaruvni mustahkamlang.
PARIZOD
Parizodga kissasidagi pullarni sarflash og‘irroq kechadi. Shunday bo‘lsa-da, o‘zingizni nazorat qilishga, bu darajada xasislashmaslikka urinib ko‘ring. Moliyaviy inqiroz o‘z yo‘liga. Inson salomatligini ham o‘ylashi, qaerlardadir dam olishi, nafas rostlashi zarur. Rahbariyat bilan munosabatlarda ehtiyot bo‘ling. Ortiqcha gaplarga, bo‘lar-bo‘lmas harakatlarga erk bermang.
TAROZI
Siz pul masalasida hushyorroq bo‘ling. Tibbiy, huquqiy, ruhiy maslahatlar olish sizga faqat naf keltiradi. Dam olish, qo‘shimcha mablag‘ ishlab topishni hozircha esdan chiqaring.
CHAYON
Barchaga ayon, siz moddiy qi-yinchiliklarga faylasuflarcha yondashasiz. Ammo bu hozir kamlik qiladi. Sizga qo‘l qovushtirib o‘tirish, fikrlash emas, hamkorlikda mehnat qilish qo‘shimcha mablag‘lar keltiradi. Buning uchun o‘zingizga yangi ish joyi toping.
O‘QOTAR
Moliyaviy muvaffaqiyatga erishish uchun siz kimlar bilandir musobaqalashishingiz kerakka o‘xshaydi. Ayniqsa, tavakkal katta bir ishga qo‘l urib ko‘ring. Sizni omad kutib turibdi. Faqat pullarni ko‘r-ko‘rona sarflash odatingizni tashlang. Oqibati yomon bo‘ladi.
TOG‘ ECHKISI
Tog‘ echkisi burji vakillari orasida kayfiyatsizlik ko‘p uchraydi. Kimdir dunyo ishlaridan norozi bo‘lsa, kimdir divanga yonboshlab olgancha og‘ir kunlar o‘tib ketishini kuta boshlaydi. Biling, bu yaxshilik bilan tugamaydi. Sababi, ko‘l tubida yotgan tosh ostidan suv oqib o‘tmaydi. Pul topishning yo‘lini qidirishingiz shart.
QOVG‘A
Sizga tanish-bilishlar, yaqin kishilarning ko‘magi, qo‘llab-quvvatlashi juda zarur. To‘g‘ri, hayotiy tajribangiz katta. Baribir, kimgadir suyanib ish ko‘rsangiz, tobora yuqori lavozimlarni ko‘zlab yashay boshlasangiz, moddiy yutuqlarga yetishasiz.
BALIQ
Siz moliyaviy mushkulotlardan qochish maqsadida to‘xtamasdan ishlash tarafdorisiz. Agar faoliyatingizni boshqa sohada davom ettirsangiz, birinchidan, ko‘proq pul topardingiz, ikkinchidan, o‘zgalar oldida obro‘yingiz ham ortardi. Faqat birovlar maslahatiga zinhor quloq tutmang. Har bir ishni boshlashdan oldin yaxshilab o‘ylab oling.
|