Avvalgi yangiliklarimizdan birida Kinomaniya studiyasi tomonidan suratga olinayotgan yangi "Sarob" filmi haqida so'z yuritgan edik. Kuni kecha ushbu film namoyish sanasi e'lon qilindi. Demak... Demak 11-fevraldan "Alisher Navoiy" hamda Kinochilar uyida siz ushbu filmni tomosha qilish imkoniga ega bo'lasiz. Hozircha esa filmning eng so'nggi ish pallasi, yani ranglarni epizodlarga moslashtirish ishlari yakunlanmoqda. Film premyerasi haqida esa keyingi xabarlarimizda batafsil to'xtalib o'tishga harakat qilamiz.