Olamda biz bilgan va bilmagan
ma'lumotlar ko'p. Xozirda e'tiboringizga ayrim qiziqarli ma'lumotlarni
taqdim etamiz. O'ylaymizki bu ma'lumotlar sizning intellektual
bilimingiz yanada boy bo'lishiga yordam beradi.
Leonardo da Vinchi ixtiro qilgan budilnik uxlayotgan odamning oyoqlarini qitiqlar edi.
Ko'rsichqon (krot) bir soatda 15 metrlik tunel qazish imkoniyatiga ega.
Ko'k kit chiqaradigan tovush startga tayyor raketa shovqinidan balandroqdir.
Nil daryosi sohillaridan har yili mingga yaqin odam timsohlarga yem bo'lar ekan.
Ikkinchi jahon urushi davrida "Oskar" haykalchalardan yasalgan ekan.
Uolt Disney bolaligida boyqushni qiynab o'ldirgan ekan. Shuning
uchun ham ulg'aygach, jonivorlarni o'z multfilmlarida jonlantirishni
oldiga maqsad qilib qo'ygan ekan.
Koreya so'zining ma'nosi - Tongi tarovat.
Eng keng qanotli qush Albatros (qanoti 3,7m).
Uzum yetishtirishda dunyoda birinchi o'rinda turadigan mamlakat - Italiya.
Fransuzlar pomidorni "Muhabbat olmasi" deb atashgan.
Okean suvida 70 xil tuz bor.
Xitoyliklar mehr-muhabbat toshi deb Magnit toshini atashgan.
Eng qiyin yozuv Xitoy yozuvidir. 50000 dan ortiq belgi, ieroglif bor.