PINHONA SEVGI
Bir umr men seni yurakda saqlay, Toki oshkor qilsin qaro ko'zlarim. Uzoqdan bir nafas ko'zingga boqay, Oshkor qilolmasman,shirin so'zlarim
Yurakda tuyg'ular pinhona sevgi, Yashar edi ular mening qalbimda Qani edi izhor qilsang,menga sof sevgi, Bular hammasi o'ngdamas,tushimda.
Muhabbat berahm,bildim men bugun, Faqat ko'ngillarga beradi ozor. Mening sevgim qolar yurakda tugun, Oh!Javobsiz sevgim bo'lding umidvor.
SIZ BILMAYSIZ
Siz bilmaysiz sog'inganimni Oy nurida qolgan damlarim Siz bilmaysiz tushimda ko'rib Yosh boladek quvonganlarim
Siz bilmaysiz yurak yuziga Ismingizni yozib yurganim Sog'inchlardan oqqan yoshimdan Sizga atab marjon terganim
Siz bilmaysiz hayollarimda Sizni quchib o'pib olganim Shodligimdan samoga boqib Sizga atab yuldiz terganim
Siz bilmaysiz sog'inganimda Sizga atab sherlar yozganim Dardga to'la sherlarim o'qib O'z dardimda o'zim yonganim
|