Bugungi kunda insoniyat turmush tarzini telefonsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shu telefonlarni ishlab turishi uchun PAYNET xizmati juda asqotmoqda. Yomg'irni yomg'ir demay, quyoshni quyosh demay, qorni qor demay o'tirgan shu paynetchilarimiz baxtimizga sog' omon bo'lishsin. Odamlar bu paynetchilar bilan urishgani urishgan axir o'zingiz nomeringizni noto'g'ri aytsangiz bularda nima ayb. Bir marta adashib tushirvorsa 1 kunlik foydadan quruq qoladi. Sizlar noto'g'ri aytganingizni bilib turib paynetchilarga borib shikoyat qilyabsizlar. Masalan o'rtacha 1000 so'mdan 40 so'm foyda qoladi. 500000 dan 20000 degani. Shundan ham quruq qo'ymanglar hushyorroq bo'linglar. Nomeringizno shoshilmay 2 marta aytib bering o'zingizga ham ularga ham yaxshi bo'ladi.