Статистика |
XOZIR SAYTDA 22 MEXMON 22 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Январь » 10 » PAYG'AMBARIMIZ MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING MU'JIZALARI
09:37 PAYG'AMBARIMIZ MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING MU'JIZALARI |
- Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom ham mo’’jizalar ko’rsatganmilar? - Ha. «Siyari nabiy» va «Tavorixi anbiyo» kitoblarida bu haqda ko ’p bayon qilingan. Birinchisi, kofirlar u kishini sinamoq uchun mo ’’jiza so’rashganida, oyni ikki bo’lakka bo’lib ko’rsatganlar. Oyning bir bo’lagi tog’ning bir tomonida, ikkinchi bo’lagi boshqa tomonida ko’ringan. Ikkinchisi, Muhammad alayhissalom Abu Bakr Siddiq (r.a.) bilan Makkadan Madinaga kelganlarida Abu Ayyub Ansoriy ikki kishilik taom keltirganlar. O ’shanda Muhammad alayhissalom Abu Ayyubga Madina shahri ulug ’larini majlisga chaqirishni buyurganlar. Bir yuz sakson kishi yig ’ilgan va hammalari taomni tanovul qila boshlaganlar. Ammo mo ’’jiza tufayli taom sira kamaymagan. Uchinchisi, Hudaybiya sahrosida urush payti sahobalar tashna bo ’lishadi. Shunda Rasuli akram alayhissalom duo bilan suv chiqaradilar. Jami askarlar to ’yib suv ichadilar. To’rtinchisi, yana o’shanday holatlarning birida Rasuli akram alayhissalom yarim kosa suvga barmoqlarini soladilar va kosaga suv to ’lib, yetmish-sakson kishi u suvdan ichadilar. Beshinchisi, Nabiy alayhissalom uch yuz kishilik majlis chaqiradilar. Bir kichik laganda xurmo qo ’yadilar, majlis ahli xurmodan qancha tanovul qilsa ham hech tugamagan. Oltinchisi, Muhammad alayhissalomning oldilariga bir yahudiy ayol zaharlangan go ’sht keltirganida, go’sht: «Men zaharlanganman», degan ekan. Yettinchisi, bir bo ’ri, echki va tuya Payg’ambarimizning mo’’jizalari tufayli tilga kirgan. Sakkizinchisi, bir kishi: «Payg ’ambar ekanligingizga guvohingiz bormi?» deb so ’raganida, bir daraxt Rasul alayhissalomning yonlariga kelib shahodat kalimasini aytgan va qaytib joyiga borib turgan. To ’qqizinchisi, Xandaqda urush payti bir dona arpa noniga baraka kelib, ming kishi to ’ygan. O’ninchisi, Hunayn urushida Rasul alayhissalom dushman qo ’shiniga bir hovuch tuproq sepganlarida, ularning ko ’zlariga tuproq to’lib, mag’lublikka giriftor bo’lgan edi. O’n birinchisi, ul zot tasbeh o’girganlarida, tasbeh toshlaridan «Subhanalloh», degan ovoz eshitilgan. O ’n ikkinchisi, Muhammad alayhissalom qarindoshlarining xayr- duolarini qilib turganlarida, uyning devorlaridan «Omin» degan ovoz eshitilgan. O ’n uchinchisi, Muhammad alayhissalom juma kuni suyanib xutba o ’qiydiganlari xurmo yog’ochidan ayrilganlarida, u yog’och ustun g’amgin yig’i ovozi chiqargan. O’n to’rtinchisi, Muhammad alayhissalomning eng katta mo ’’jizalari - Qur’oni karimdir. - Muhammad alayhissalomning ota- bobolari kimlar? - Otalari Abdulloh, uning otasi Abdulmuttolib, uning otasi Hoshim, uning otasi Abdumannofdir. Onalari Omina Vahob ismli kishining qizidir. - Muhammad alayhissalomning dastlabki xotinlari kim? - Hazrati Xadichai Kubro roziallohu anhodir. - Muhammad alayhissalomning farzandlari nechta edi? - Uch o ’g’il, to’rt qizlari bo’lgan. O’g’illari Qosim, Ibrohim, Abdulloh; qizlari Ruqiya, Zaynab, Ummukulsum, Fotimadir.
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 3023 |
Добавил: R-MADRID
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|