O`zbek kino muxlislariga “Ruh” filmi orqali yaxshi tanish bo`lgan aktyor Patrik Sueyzi 14-sentabr kuni 57 yoshida vafot etdi. 2008-yilning mart oyida aktyorga oshqozon osti bezining havfli o`sma kasalligi tashxisi qo`yilgan edi. O`tgan yilning iyun oyide bergan intervyusida Patrik bu kasallikka qarshi faol kurashayotganini bayon qilgan edi. Biroq, o`sha paytdayoq unga shifokorlar davoning samarasi kam bo`lishi haqida ogohlantirganini ham yashirib o`tirmadi. Og`ir kasalligiga qaramasdan Patrik ijoddan to`xtab qolmadi. U 2009-yilda The Breast nomli serialda suratga tushdi. Shuningdek u rafiqasi bilan birgalikda o`zining xotiralari haqida kitob yozayotganligini ham ma`lum qilgan edi. 2009-yilda bergan intervyusida esa aktyor qolgan umri ikki yilga ham yetmasligi haqida gapirib o`tgandi. Aktyorga mashhurlik 1987-yilda suratga olingan “Iflos raqslar” filmi orqasidan kelgan edi.